Fargʻona viloyatida yoʻlni rekonstruktsiya qilishda 39 tup daraxtning kesilishi koʻzda tutilgan
Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumanidagi D105 yoʻlining yetti kilometrlik qismini qayta qurishda 39 tup daraxtni: bir tup qurigan chinor va hujjatlarda kam qiymatli toifasiga kiritilgan 38 tup manzarali daraxtni kesish koʻzda tutilgan. Buning evaziga yoshi besh yildan kam boʻlmagan 390 tup manzarali koʻchat ekish rejalashtirilmoqda.

Fargʻona viloyatida yoʻlni qayta qurishda 39 tup daraxtni kesish rejalashtirilmoqda. Bu 2026 yil 24 oktyabrdagi davlat ekologik ekspertizasi xulosasida nazarda tutilgan. Kompensatsiya ekishlari 2026 yil kuzida yoʻl boʻyidagi koʻkalamzorlashtirish uchun ajratilgan hududda amalga oshirilishi kerak.
Ekspertiza, shuningdek, yoʻl mintaqasidan tashqarida hisobga olingan 1309 tup daraxt va butalarning joylashuviga aniqlik kiritishni hamda ularni xatlovdan oʻtkazish natijalarini viloyat ekologiya boshqarmasi bilan kelishishni talab qilmoqda. Qurilish ishlari davomida mavjud daraxtzorlarning saqlanishini taʼminlash zarur.
Ekspertizaning ijobiy xulosasining oʻzi daraxtlarni kesish yoki koʻchirib oʻtkazishga ruxsat bermaydi: buning uchun tegishli ruxsatnoma hujjatlari zarur. Buyurtmachiga, shuningdek, atrof-muhitga taʼsirni baholashning ikkinchi bosqichini ishlab chiqish yuklatilgan.

