Fargʻona NQIZ quvvatlaridan foydalanishni yil yakuniga qadar 40 foizdan 65 foizgacha oshirish rejalashtirilmoqda
Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining quvvatini yil yakuniga qadar 40 foizdan 65 foizgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Asosiy qurilmalar taʼmirlanganidan soʻng, korxonada dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarish 30 foizga, bitum — 60 foizga, aviakerosin esa — besh barobarga oshdi.

Fargʻona NQIZ quvvatidan foydalanishni yil yakuniga qadar 40 foizdan 65 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda
Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi quvvatidan foydalanishni yil yakuniga qadar 40 foizdan 65 foizga yetkazish va keyinchalik yanada oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga neft-gaz sohasidagi loyihalar taqdimoti chogʻida soʻz bordi, deb xabar qildi uning matbuot xizmati.
Korxonada asosiy texnologik qurilmalar taʼmirlandi. Natijada dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarish 30 foizga, bitum — 60 foizga, aviakerosin esa — besh barobarga oshdi.
Taqdimotda, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish va zavodni moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Ular qatorida — xomashyoning barqaror yetkazib berilishini taʼminlash, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish va korxona qarzdorligini kamaytirish bor.
Eslatib oʻtamiz, iyun oyida Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi yana toʻliq davlat nazoratiga oʻtgani maʼlum boʻlgan edi. Korxonaning yagona taʼsischisi sifatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi koʻrsatilgan, vaholanki may oyida 41,5 foiz ulush Saneg kompaniyasiga tegishli edi. 2022 yilda zavod kompaniyaga 100 mln dollarga sotilgan, biroq investor toʻlovni toʻliq amalga oshirmagan.
2025 yil yakunlariga koʻra, FNQIZ 538,1 mlrd soʻm miqdorida zarar koʻrgan. 2026 yil yanvar oyida Enter Engineering, Eriell Group va Saneg kompaniyalarini moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlari doirasida hukumat ishchi guruhga Fargʻona NQIZni modernizatsiya qilishni oʻz ichiga olgan bir qator strategik loyihalarni yakunlay oladigan yangi investorlar uchun takliflar tayyorlashni topshirgan edi.

