Iqtisodiyot

Faqat naqdsiz shaklda toʻlov qilinadigan xarid summalari oshirildi

28-avgustdan eʼtiboran, bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan ortiq narxdagi tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni faqat naqdsiz shaklda amalga oshirish talab etiladi. Bungacha mazkur chegaraviy miqdor 25 mln soʻm edi. 400 BHM 1-sentabrdan eʼtiboran 176 mln soʻmni tashkil etadi.

Oʻzbekistonda tovar va xizmatlar uchun naqd pulsiz toʻlovlar amalga oshirilishi shart boʻlgan xarid summasining yuqori chegarasi oshirildi.

2026-yil 1-apreldan boshlab, qiymati 25 million soʻmdan ortiq boʻlgan tovar va xizmatlar uchun naqd pulda toʻlov qilish taqiqlangan edi.

28-avgustdan boshlab, bu chegara bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari etib belgilandi. Bu miqdor 2026-yil 1-sentabrgacha 164,8 million soʻmni, 1-sentabrdan esa 176 million soʻmni tashkil etadi.

Ushbu oʻzgarish davlat rahbarining tadbirkorlar bilan muloqotida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida 27-avgust kuni qabul qilingan prezident farmonida koʻzda tutilgan. Farmon 28-avgustdan kuchga kirdi.

Ayni paytda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga nisbatan istisno saqlanib qolmoqda, yaʼni qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining istalgan qiymatdagi oldi-sotdisida naqd pul bilan toʻlov qilish mumkin.

Shuningdek, muayyan tovar va xizmatlarga har qanday summadagi toʻlovlarni faqat naqdsiz amalga oshirish tartibi ham oʻzgarishsiz qoldi. Bu tovar va xizmatlarga quyidagilar kiradi:

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.