Dunyo

Falastinni tan olmoqçi bölgan Işoq Rabin. Isroil boş vaziri nega öldirilgandi?

Falastinni tan olishga yaqin bo‘lgan Ishoq Rabin. Isroil bosh vaziri nega o‘ldirilgandi?

1995-yil noyabrda Tel-Avivda Falastin bilan tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mitingda qatnashayotgan Isroil bosh vaziri Ishoq Rabin otib o‘ldiriladi. O‘shanda Isroil Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishga juda yaqin kelgan va bunda Ishoq Rabinning xizmatlari katta edi. Afsuski, siyosatchining bu sa’y-harakatlari radikal qarashlarga ega bo‘lgan yahudiylarga yoqmaydi va oxir-oqibat bosh vazir o‘ldiriladi.

Isroilning Falastin xalqiga qarshi boshlagan tajovuzlari 1948-yildan buyon davom etib kelmoqda. O‘shandan buyon yahudiy davlati BMT rezolyutsiyasi bilan tashkil etilgan arab davlatini tan olmaydi, Falastin yerlarini muttasil tarzda egallab keladi. O‘tgan yillar mobaynida Isroil harbiylari tomonidan yuz minglab falastinlik tinch aholi vakillari uyidan quvildi, o‘ldirildi.

Ammo tarixda shunday kunlar bo‘lganki, Isroil Falastin davlatini tan olishga juda yaqin kelgan. 1990-yillar boshida Isroilni boshqargan Ishoq Rabin Falastin rahbari Yosir Arofat bilan muzokaralar o‘tkazib, tinchlik bitimlari imzolanadi. Biroq bu ish Isroildagi ayrim siyosatchilar va Falastinning tan olinishiga qarshi bo‘lgan radikallarga yoqmaydi. Ular Ishoq Rabinni yo‘q qilish payiga tushadi.

Ishoq Rabin 1922-yilda tug‘ilgan. Aynan o‘sha yili Usmoniylarga tegishli Falastin yerlari Britaniya mandati ostiga o‘tgandi. Maktabni bitirgach qishloq xo‘jaligi sohasida ta’lim oladi va 1941-yilda yahudiylar tomonidan tashkil etilgan «Palmax» harbiy tuzilmasi safiga qo‘shiladi. 1948-yilda BMT Falastin yerlarida Isroil va Falastin davlatlarini tashkil etish bo‘yicha rezolyutsiya qabul qiladi va ko‘p o‘tmay arab – Isroil urushi boshlanadi. Ishoq Rabin ana shu urushda qatnashadi.

U urushdan keyin ham harbiy xizmatni davom ettirib, katta lavozimlarni egallaydi. 1964-yil shtab boshlig‘i bo‘ladi. U 1967-yil Olti kunlik urushda muhim vazifalarni bajaradi.

1968-yilda general unvoniga ega bo‘lgan Ishoq Rabin harbiy xizmatdan ketib, siyosiy faoliyatini boshlaydi va besh yil davomida Isroilning AQShdagi elchisi bo‘ladi. 1974-yil Rabin Isroil bosh vaziri bo‘lib, yahudiy davlatini 1977-yilgacha boshqaradi. Keyinchalik turli vazirliklarni boshqaradi. Jumladan, 1984-1990 yillar oralig‘ida Isroil mudofaa vaziri lavozimida ishlaydi. 1992-yilda o‘tkazilgan saylovda g‘alaba qozongan Ishoq Rabin yana Isroil bosh vaziri bo‘ladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.