Siyosat

Estoniyada ombudsman prezident etib saylandi

Estoniyada ombudsman lavozimida faoliyat yuritgan shaxs prezidentlikka saylandi.

Estoniya parlamenti 2-sentyabr kuni konstitutsiyaviy huquqshunos Ulle Madiseni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. U ushbu lavozimni egallagan ikkinchi ayol bo‘ladi.

51 yoshli Madise 2015-yildan buyon Estoniyada inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) sifatida ishlab kelmoqda. U prezident sifatida besh yil muddatga xizmat qiladi. Madise parlament saylovida yagona nomzod bo‘lgan, chunki boshqa nomzodlar yetarlicha deputat ko‘magini to‘play olmagan.

1,4 million aholiga ega Estoniya Rossiya bilan chegaradosh bo‘lib, NATO va Yevropa Ittifoqida Ukrainani eng faol qo‘llab-quvvatlayotgan hamda Moskvani keskin tanqid qilayotgan davlatlardan biri hisoblanadi.

Mamlakat 2026-yilga qadar mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5,4 foizi darajasida belgilagan. Estoniyada prezident mamlakat parlamenti — Riigikogu tomonidan saylanadi. Ushbu lavozim asosan ramziy vakolatlarga ega.

Iyul oyi yakunida Estoniyada biznes va aholi o‘rtasida to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) holatlari tez o‘sayotgani haqida xabar berilgandi. Bu haqda To‘lovga qobiliyatsizlik xizmati rahbari Signe Viimsalu bosh vazir Kristen Mihalga yo‘llagan xatida ma’lum qilgan.

Hozirda har bir mol-mulksiz bankrot kompaniyaning to‘lanmagan qarzi o‘rtacha 400 ming yevroni tashkil etmoqda. Uch yil avval bu ko‘rsatkich 100 ming yevrodan kam edi. Ko‘p hollarda kreditorlar pullarini umuman qaytara olmayapti.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.