Dunyo

Eng koʻp yomgʻir yogʻadigan mamlakatlar aniqlandi

Kolumbiya dunyoda oʻrtacha yillik yogʻingarchilik miqdori eng yuqori boʻlgan mamlakat deb topildi. Bu yerda bir yilda oʻrtacha 3240 millimetr yogʻin tushadi. Reytingda mamlakatning eng seryogʻin nuqtasi emas, balki butun hududi boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich hisobga olingan.

Eng koʻp yogʻingarchilik kuzatiladigan davlatlar roʻyxati eʼlon qilindi.

Ushbu reytingga koʻra, Kolumbiya yiliga oʻrtacha 3240 millimetr yogʻingarchilik bilan birinchi oʻrinni egalladi. Shuni taʼkidlash joizki, Kolumbiya iqlimi turli-tuman boʻlib, baʼzi hududlarida quruq savannalar, boshqalarida esa nam tropik oʻrmonlar mavjud.

Ikkinchi oʻrinni Afrika qitʼasidagi orol davlat San-Tome va Prinsipi band etdi. Bu mamlakatda yiliga oʻrtacha 3200 millimetr yogʻin tushadi va yomgʻirli mavsum taxminan toʻqqiz oy davom etadi. San-Tome va Prinsipi eng seryogʻin oʻnta mamlakat ichiga kirgan yagona Afrika davlatidir.

Uchinchi oʻrinda Papua – Yangi Gvineya joylashgan boʻlib, u yerda yillik oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori 3142 millimetrni tashkil etadi.

Eng seryogʻin mamlakatlarning aksariyati bir nechta geografik mintaqalarda joylashgan. Masalan, Indoneziya, Bruney va Malayziya Janubi-Sharqiy Osiyoning dengiz hududlarida joylashgan. Janubiy Tinch okeani mintaqasidan Samoa, Solomon orollari va Papua – Yangi Gvineya reytingga kiritilgan. Markaziy Amerikadan esa Kosta-Rika va Panama eng seryogʻin mamlakatlar qatoridan joy olgan.

Qayd etish joizki, Hindistondagi Mausinram Yer yuzidagi eng seryogʻin joylardan biri boʻlishiga qaramay, Hindiston ushbu reytingning yuqori pogʻonalaridan joy olmagan. Buning sababi shundaki, reyting alohida shahar yoki hududdagi emas, balki butun mamlakat boʻyicha oʻrtacha yogʻingarchilik miqdoriga asoslangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.