Eng katta neft zaxiralariga ega davlat maʼlum qilindi
2025-yil oxiridagi baholarga köra, jahonning tasdiqlangan neft zaxiralari qariyb 1,8 trillion barrelni taşkil etgan. Mamlakatlar orasida Venesuela 303,4 milliard barrel bilan yetakçi. Biroq katta zaxiraga egalik qiliş qazib olişda ham birinçi örinni anglatmaydi.

Eng yirik neft zaxiralariga ega davlat aniqlandi
Yaqin Sharqda dunyo zaxiralarining qariyb yarmi jamlangan
Yaqin Sharq neft zaxiralari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Mintaqadagi katta zaxiralar quyidagi davlatlarda to‘plangan:
Saudiya Arabistoni — 267,2 milliard barrel;
Eron — 208,6 milliard barrel;
Iroq — 145 milliard barrel;
Birlashgan Arab Amirliklari — 113 milliard barrel.
Shunga qaramay, Yaqin Sharq qazib olish hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda. 2025-yilda mintaqada kuniga qariyb 31 million barrel neft qazib olingan.
Mintaqaning eng yirik ishlab chiqaruvchisi Saudiya Arabistoni bo‘lib, uning kunlik ko‘rsatkichi 9,6 million barrelni tashkil etgan. Hisobotda keltirilishicha, mamlakatda ishlayotgan neft burg‘ilash qurilmalari soni 2025-yilda so‘nggi 20 yildagi eng past darajaga tushgan. Bu vaqtda energetika investitsiyalari tobora ko‘proq tabiiy gaz qazib olishga yo‘naltirilgan.
Venesuela — mamlakatlar orasida yetakchi
Markaziy va Janubiy Amerika 354,8 milliard barrel yoki jahon zaxiralarining 19,7 foizi bilan mintaqalar orasida ikkinchi o‘rinni egallagan.
Bu zaxiralarning qariyb 86 foizi Venesuelaga to‘g‘ri keladi. Mamlakatda 303,4 milliard barrel neft mavjudligi baholangan — bu dunyodagi eng yuqori milliy ko‘rsatkich.
Biroq Venesuelaning qazib olish imkoniyatlari cheklangan. Konlarni o‘zlashtirish o‘ta og‘ir neft qazib olish zarurati, iqtisodiy muammolar va infratuzilmaning yetarlicha rivojlanmagani sababli qiyinlashmoqda.
Shimoliy Amerika zaxirada uchinchi, qazib olishda birinchi
Shimoliy Amerikada 246 milliard barrel neft zaxirasi bor. Bu jahon ko‘rsatkichining 13,6 foiziga teng.

