Mahalliy

Embraer Oʻzbekiston Harbiy-havo kuchlari uchun birinchi C-390 harbiy-transport samolyotini taqdim etdi

Braziliyaning Embraer kompaniyasi Oʻzbekiston Harbiy-havo kuchlari uchun moʻljallangan ilk C-390 Millennium harbiy-transport samolyotini namoyish etdi. C-390 xarid qilinishi haqida fevral oyida maʼlum boʻlgan edi. Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda ushbu turdagi samolyotlarning birinchi buyurtmachisi va operatoriga aylanadi.

Embraer Oʻzbekiston Harbiy-havo kuchlari uchun birinchi C-390 harbiy-transport samolyotini namoyish etdi

Braziliyaning Embraer aviasozlik kompaniyasi Oʻzbekiston Harbiy-havo kuchlari uchun moʻljallangan birinchi C-390 Millennium harbiy-transport samolyotini taqdim etdi.

Kompaniya tomonidan eʼlon qilingan fotosuratlarda samolyot kulrang rangda, UZ AIR FORCE yozuvi, Oʻzbekiston bayrogʻi va mamlakat HHKning tanish belgilari bilan koʻrsatilgan. Dum qismida UK 39010 raqami koʻrsatilgan.

«Bugun Embraer Oʻzbekiston Harbiy-havo kuchlarining birinchi C-390 Millennium samolyotini taqdim etmoqda, buning natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda C-390 ning birinchi buyurtmachisiga aylanmoqda», — deyiladi kompaniya xabarida.

Oʻzbekiston tomonidan C-390 Millennium sotib olinishi haqida fevral oyida Singapore Airshow xalqaro aviasalonida maʼlum boʻlgan edi. Oʻshanda Embraer Oʻzbekiston ushbu samolyotlarning ilgari nomi oshkor etilmagan buyurtmachisi ekanini maʼlum qilgandi.

Samolyotlar birinchi navbatda transport va gumanitar missiyalar uchun moʻljallangan. Oʻzbekiston tomonidan buyurtma qilingan C-390 soni va shartnoma qiymati oshkor etilmagan.

C-390 Millennium — yuk koʻtarish quvvati 26 tonnagacha boʻlgan harbiy-transport samolyoti. Uning maksimal kreyserlik tezligi taxminan 470 uzel (taxminan 870 km/soat)ni tashkil etadi. Samolyot harbiy xizmatchilar va yuklarni tashish, texnika va shaxsiy tarkibni desant qilish, tibbiy evakuatsiya, qidiruv-qutqaruv va gumanitar operatsiyalarni amalga oshirish, shuningdek, yongʻinlarni oʻchirishga qodir. U, jumladan, vaqtinchalik va tuproqli uchish-qoʻnish yoʻlaklaridan foydalanishga moslashtirilgan.

Tez yechib olinadigan uskunalarga ega KC-390 versiyasi havoda boshqa samolyotlarga yoqilgʻi quyish, shuningdek, parvoz paytida oʻzi ham yoqilgʻi qabul qilishi uchun ishlatilishi mumkin.

Hozirda Oʻzbekiston HHK Il-76 va CASA C-295 harbiy-transport samolyotlaridan foydalanmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.