Elit OÇL. «Neftçi» sönggi daqiqada gol ötkazib, ğalabani qöldan çiqardi
Özbekiston çempioni Elit Osiyo Çempionlar Ligasi guruh bosqiçining 4-turida Eronning «Traktor» klubi bilan 2:2 hisobini qayd etdi.

Elit OÇL. «Neftçi» sönggi daqiqada gol ötkazib, ğalabani qöldan çiqardi
Farğonaning «Neftçi» klubi 2-noyabr kuni Elit Osiyo Çempionlar Ligasi guruh bosqiçining 4-turida safarda Eronning «Traktor» klubi bilan öynadi. Bellaşuv Ömon poytaxti Maskat şahrida ötkazildi.
Öyin «Neftçi» ustunligida ötdi va 55-daqiqada Stipe Peritsa hisobni oçdi. 61-daqiqada eronliklar futbolçisi Farşod Farajiy qöpol öyini uçun maydondan çetlatildi. 82-daqiqada Tomislav Ştrkali hisobni tenglaştirdi. Hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda Vladimir Yovoviç uzoq masofadan aniq zarba yöllab, «Neftçi»ga ğalaba keltirgandek edi. Ammo eronliklar sönggi soniyalarda hisobni tenglaştirişga muvaffaq böldi.
Bu natijadan söng, Farğona klubi 4 oçko bilan musobaqa jadvalida 10-örinni egallab turibdi.
«Neftçi» navbatdagi öyinni 23-noyabr kuni öz maydonida Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga qarşi ötkazadi.
TRAKTOR (Eron) - NEFTÇI (Özbekiston) 2:2
Gollar: Tomislav Ştrkali (82), Masʼud Kozimayn (90+9) - Stipe Peritsa (55), Vladimir Yovoviç (90+4)

