Iqtisodiyot

Elektr va gaz tarmogʻiga qayta ulanishda toʻlov undirilmaydigan boʻldi

Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida «namunali isteʼmolchilar» uchun alohida tarif va toʻlov tartibi belgilandi.

Elektr va gaz tarmogʻiga qayta ulanish uchun endi toʻlov olinmaydi

Prezident farmoniga binoan, qarzdorlik tufayli elektr energiyasi yoki tabiiy gaz tarmogʻidan uzilgan isteʼmolchilarni qayta ulash uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.

Yaʼni qayta ulanish chogʻida maishiy isteʼmolchilardan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, yuridik isteʼmolchilardan esa oʻn baravari miqdorida toʻlov talab qilinmaydi.

Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida «namunali isteʼmolchilar» uchun alohida tarif va toʻlov tartibi belgilandi.

Bunda qarzi boʻlmagan va zamonaviy hisoblagichlar bilan taʼminlangan isteʼmolchilarga quyidagi imkoniyatlar yaratildi:

hisobot oyi boshiga qadar 15 foiz miqdorida oldindan toʻlov qilish;

qolgan toʻlovlarni oy davomida amalga oshirish;

qarzdorlik sababli tarmoqdan uzilib qolish holatlari qoidalarni buzish holati sifatida baholanmasligi belgilandi.

Shuningdek, tabiiy gazdan foydalanuvchi issiqxona xoʻjaliklari uchun ham alohida toʻlov tartibi joriy etildi.

Unga koʻra, hosil yilining dastlabki 6 oyi — oktabr-mart oylarida yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun:

50 foiz miqdorida oldindan toʻlov amalga oshiriladi;

qolgan qismi oy yakuniga qadar toʻlanadi;

keyingi oylardan boshlab esa 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshiriladi.

Mazkur tartib avvalgi oyda qarzdorligi boʻlmagan issiqxona xoʻjaliklariga nisbatan qoʻllaniladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.