Iqtisodiyot

Tadbirkorlar uchun elektr va gaz bo‘yicha oldindan to‘lov 15 foizga tushiriladi

2026 yil 1 noyabrdan avtomatlashtirilgan hisob tizimi va masofadan o‘chirish imkoniyatiga ega hisoblagichlardan foydalanuvchi tadbirkorlar

Tadbirkorlar uchun elektr va gazga oldindan to‘lov miqdori 15 foizga kamaytiriladi.

Joriy yilning 27-avgustidagi PF–175-sonli farmoniga asosan, tadbirkorlarni elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash tartibiga yangi yengillik kiritilmoqda.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-noyabrdan boshlab, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini avtomatlashtirilgan tizim orqali hisobga oluvchi hamda masofadan turib o‘chirish imkoniyatiga ega hisoblagichlar o‘rnatgan tadbirkorlar uchun oylik iste’mol hajmining 15 foizi miqdorida oldindan to‘lov mexanizmi joriy etiladi.

Ammo to‘lov intizomiga rioya qilmagan tadbirkorlarga ushbu tartib qo‘llanilmaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.