Sport

Eldor Shomurodov hamda Abbosbek Fayzullayevning “Qosimposho”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayevning "Qosimposho"ga qarshi o'yiniga qanday baho berildi?

Turkiya Superligasi doirasidagi "Qosimposho"ga qarshi bahsda (1:1) "Bashakshehir" safida maydonga tushgan o'zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayevning o'yinlari Sofascore portali tomonidan baholandi. Jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan Shomurodov 7,0 ballga, Fayzullayev esa 6,6 ballga loyiq ko'rildi.

Shomurodovning o'yin tahlili:

Hujumchi o'yin davomida 42 marta to'pga tegindi. Uning 25 ta uzatmasidan 18 tasi aniq bo'ldi, bu 72 foizlik aniqlikni tashkil etadi. Shomurodov 2 ta hal qiluvchi uzatmani amalga oshirdi. Darvoza tomon jami 5 marta zarba yo'lladi: 1 tasi aniq, 2 tasi darvoza to'siniga tegdi va 2 tasi himoyachilar tomonidan to'sib qo'yildi. Uning kutilgan gollar ko'rsatkichi (xG) 0,37 ni tashkil etdi. Havo kurashlarida 4 tadan 1 tasida g'alaba qozondi.

Fayzullayevning o'yin tahlili:

Abbosbek Fayzullayev uchrashuv davomida 32 marta to'pga tegdi. Uning 22 ta uzatmasidan 21 tasi aniq bo'lib, bu 95 foizlik yuqori aniqlikni ko'rsatadi. Fayzullayev darvoza tomon 1 marta noaniq zarba berdi. Shuningdek, u 3 ta krossdan 1 tasini aniq amalga oshirdi. Yer kurashlarida 4 tadan 1 tasida ustun keldi.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi "Bashakshehir" yarimhimoyachisi Umut Gunesh deb topildi, uning o'yini Sofascore tomonidan 7,6 ballga baholandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.