Ekstremizm tuşunçasi kengaytirildi, jazo çoralari kuçaytirildi
Ekstremistik va taqiqlangan taşkilotlarda iştirok etganlik uçun jazo kuçaytirildi. Endi bunday harakatlar 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin. Ekstremistik materiallarni tarqatiş uçun ham jarima va maʼmuriy qamoq çoralari belgilandi.

Ekstremizm tushunchasi kengaytirildi, jazo choralari kuchaytirildi
Ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan ekstremizm tushunchasi kengaytirildi, jazo choralari kuchaytirildi.
Jumladan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlarda ishtirok etish 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ekstremizm, separatizm yoki aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash huquqbuzarlik ashyosini musodara qilib, fuqarolarga BHM 50 baravaridan 100 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, qonun hujjatlaridagi “diniy ekstremizm” so‘zlari “ekstremizm” so‘zi bilan almashtirildi.

