Ebola virusidan ölim darajasi 50 foizdan oşdi
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusini yuqtirganlar soni 10,4 ming kişiga, vafot etganlar esa 5,4 ming kişiga yetdi. Kasallikdan ölim körsatkiçi 51,6 foizni taşkil etmoqda.

Ebola virusidan o‘lim darajasi 50 foizdan oshdi
Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) Ebola bezgagini yuqtirganlar soni 10,4 ming kishiga yetdi, ulardan qariyb 5,4 mingi vafot etdi. Bu haqda Bloomberg nashri mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi. Eboladan o‘lim ko‘rsatkichi 51,6 foizga yetdi.
KDR rasmiylari Ebolaning bu safargi avj olishini mamlakat tarixidagi eng halokatli va eng keng ko‘lamli holat deb baholamoqda. Kasallanganlar va vafot etganlarning asosiy qismi KDR hissasiga to‘g‘ri kelsa-da, Uganda, Keniya va Fransiyada ham virusni yuqtirish holatlari qayd etilgan.
Kasallikning asosiy o‘chog‘i KDRning Ituri provinsiyasi bo‘lib qolmoqda — virusni yuqtirish holatlarining aksariyati aynan shu hududga to‘g‘ri keladi.
Shunga qaramay, Ebola eng halokatli virus hisoblanmaydi. Masalan, quturish kasalligi alomatlar paydo bo‘lgach, deyarli har doim o‘lim bilan yakunlanadi, Marburg virusining ayrim avj olish davrlarida esa o‘lim darajasi 80-90 foizga yetgan. Biroq o‘lim ko‘rsatkichining yuqoriligi aholi uchun xavf ham shunchalik yuqori ekanini anglatmaydi: bunday viruslar odamdan-odamga qiyin yuqadi va ularning tarqalishini tezda jilovlash mumkin. Umumiy hisobda, o‘lim darajasi past, ammo yuqumliligi yuqori bo‘lgan viruslar, masalan, gripp va COVID-19 eng ko‘p insonlarning hayotiga zomin bo‘ladi.

