Dubay aviakompaniyasi samolyotida uchuvchilar mushtlashib ketishdi va olib qochish signali bilan butun dunyoni oyoqqa turgʻizishdi

Dubay aviakompaniyasi samolyoti bortida uchuvchilar mushtlashib ketdi va garovga olinganlik haqidagi signal bilan hayajonli vaziyat eʼlon qildi
Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan Flydubai samolyoti ehtimoliy garovga olinganlik haqida signal berdi va Saudiya Arabistoniga yoʻnaltirildi. Bortda 180 ga yaqin yoʻlovchi boʻlgan, ularning aksariyati Isroil fuqarolaridir.
Isroilning Ynet nashri xabar berishicha, Boeing 737 ekipaji avvaliga umumiy favqulodda vaziyatni anglatuvchi 7700 kodini, keyin esa havo kemasining ehtimoliy garovga olinganini koʻrsatuvchi 7500 kodini yoqqan. Shundan soʻng samolyot 15 ming futdan 5 ming futgacha keskin pastlagan va radarlardan gʻoyib boʻlgan.
Laynerga Isroilga qoʻnishga ruxsat berilmadi. Shu sababli u Iordaniya hududi ustida ortga burilib, Saudiya Arabistoni tomon yoʻnaldi. Isroil Harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlarni havoga koʻtardi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri xavfsizlik masalalari boʻyicha shoshilinch yigʻilish oʻtkazdi.
Samolyot Saudiya Arabistoni aeroportiga sogʻ-omon qoʻndi. Maʼlum boʻlishicha, bortdagi mushtlashuv hodisaga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. CNN maʼlumotlariga koʻra, nizo uchuvchilar kabinasida ekipaj aʼzolari oʻrtasida yuzaga kelgan boʻlishi mumkin.

