Mahalliy

Doniyor Turgunov 2 yil-u 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi

BMW rulida yoʻl-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eshnazarovni urib yuborib, uning oʻlimiga sababchi boʻlgan voyaga yetmagan Doniyor Turgunovga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha yopiq sud majlisi yakunlandi.

Doniyor Turgunov 2 yil-u 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi

Jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudida Doniyor Turgunovga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha yopiq sud majlisi yakunlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Xabar qilinishicha, 2010 yilda tugʻilgan Doniyor Turgunov Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish, jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlish) bilan aybdor deb topildi. Unga Jinoyat kodeksining 85-moddasi tartibida 2 yil-u 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Hukmga koʻra, jazoni oʻtash muddati sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan 2026 yil 27 fevraldan boshlab hisoblanadi, yaʼni mahkum panjara ortida yana 1 yil-u 9 oy qoladi.

Raislik qiluvchi sudya tomonlarga hukmning mazmun-mohiyatini, jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni undirish masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqini, shuningdek, hukm ustidan shikoyat qilish muddati va tartibini tushuntirdi.

Eslatib oʻtamiz, 2026 yil 25 fevral kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turgunov BMW rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, yoʻl-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eshnazarovni urib yuborgan edi. Inspektor ogʻir jarohatlar tufayli vafot etgan.

Shundan soʻng Doniyor Turgunov qamoqqa olinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) va 104-moddasi uchinchi qismi «d» bandi (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish, odam oʻlimiga sabab boʻlish) bilan ayblov eʼlon qilingan edi. Keyinchalik avtomobilni olib qochish haqidagi modda ayblovdan chiqarib tashlangani maʼlum boʻldi.

Halok boʻlgan kichik serjant Hosilbek Eshnazarov prezident farmoni bilan taqdirlandi

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.