Dunyo

Dog‘istonda ikki ayol Rossiya madhiyasi yangraganda o‘rnidan turmagani uchun jarimaga tortildi

Ayollar oldida yosh bolasi borligi hamda tobi qochganini sabab qilib ko‘rsatgan bo‘lsa-da, sud ularning da’volarini inobatga olmadi.

Dog‘istonda Rossiya madhiyasi yangragan paytda o‘rnidan turmagani uchun ikki ayolga jarima belgilandi

Dog‘istonning Kaspiysk shahrida sud 1-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida Rossiya madhiyasi ijro etilayotganida o‘rnidan turmagan ikki ayolning har biriga 2500 rubl (372 944 so‘m) miqdorida jarima soldi.

Ma’lum qilinishicha, ikkala ayolga ham Rossiya Davlat ramzlaridan foydalanish tartibini buzish bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Dog‘iston Oliy sudi matbuot xizmati voqea Respublika ta’lim markazida Bilimlar kuniga bag‘ishlangan tadbir chog‘ida yuz berganini ta’kidladi. Madhiya yangragan paytda ayollar o‘tirgan joyida qolgan.

Sud majlisida ular o‘zlariga qo‘yilgan ayblarni tan olmadi. Ayollardan biri quchog‘ida yosh bolasi bo‘lgani uchun, ikkinchisi esa sog‘lig‘i yomonligi sababli o‘rnidan tura olmaganini aytdi. Biroq sud bu vajlarni qabul qilmadi va ularni aybdor deb topdi. Jazolangan ayollarning qaror ustidan shikoyat qilishi-qilmasligi hozircha noma’lum.

Kavkazda bunday holatlar birinchi emas

Shimoliy Kavkaz respublikalarida madhiyaga hurmatsizlik qilgan fuqarolar tez-tez jarimaga tortiladi. Masalan, 2024-yil iyul oyida Nalchikdagi maktab bitiruvida madhiya yangraganida o‘rnidan turmagan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan bayonnoma tuzilgan. Natijada Kabardino-Balkariyaning 8 nafar aholisiga 3 ming rubldan jarima qo‘llangan. Ulardan biri “RusHydro” kompaniyasi xodimi bo‘lib, korxona undan ommaviy uzr so‘rashni talab qilgan.

Bundan tashqari, 2025-yil aprel oyida Kabardino-Balkariya va Qorachoy-Cherkesiyada sport musobaqalarida madhiyaga hurmatsizlik qilgan 8 kishi jarimaga tortilgan. Keyinchalik Cherkessk shahrida stadionda madhiya yangraganida o‘rnidan turmagan 20 yoshli yigit ham jazolangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.