Dunyo

Rossiya ayollar kiyimida yurgan tojikistonlik ikki migrantni deportatsiya qiladi

Rossiya ayollar kiyimidagi ikki tojikistonlik muhojirni deportatsiya qiladi.

Rossiyada ayollar kiyimida bo‘lgan ikki tojikistonlik erkak “LGBT targ‘iboti”da ayblanib, mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Bu haqda “Meduza” nashri xabar berdi.

Moskvaning Lyublin sudi Hasanjon Rahimov va Yorg‘ibegi Saizodani 10 sutkaga ma’muriy qamoqqa olish va Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ish hujjatlariga ko‘ra, ular 18-avgust kuni kechqurun “Sadovod” bozorida hibsga olingan. Politsiya xorijliklarning “tanlov erkinligi” shiori tushirilgan ayollar kiyimida bo‘lganini ta’kidlagan.

Bayonnomada ushbu shiorning aniq ko‘rinishi, muhojirlarning qanday kiyinganligi va libosning ayollarga tegishli ekanligi nimadan kelib chiqqanligi ko‘rsatilmagan. Politsiya xodimlari Tojikiston fuqarolari “noan’anaviy jinsiy munosabatlarning jozibadorligini namoyish etgan” deb hisoblagan.

Sudda Rahimovning oilali va bir farzandi borligi, Saizodaning esa to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi borligi ma’lum bo‘ldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.