Djonni Depp Jek Chumchuq roliga qaytish shartini aytdi
Aktyor «Karib dengizi qaroqchilari»ning eng yaxshi notada yakunlanishiga yordam berishni xohlaydi.

Djonni Depp Jek Chumchuq roliga qaytishi mumkin boʻlgan shartni aytdi
Aktyor «Karib dengizi qaroqchilari» franshizasini yaxshiroq notada yakunlashga yordam berishni xohlaydi.
Djonni Depp, agar davomi franshiza tarixiga munosib nuqta qoʻyish imkonini bersa, «Karib dengizi qaroqchilari»ning olinchi qismida ishtirok etishni istisno etmadi. Bu haqda u Entertainment Tonight’ga bergan intervyusida maʼlum qildi, deb xabar beradi TheWrap.
Aktyor seriya prodyuseri Jerri Brukxaymer bilan munosabatlarini alohida taʼkidlab oʻtdi. Deppning soʻzlariga koʻra, u Brukxaymerga ishonadi va uzoq yillik doʻstliklari sababli yana birga ishlashga tayyor.
Ushbu suhbat «Ebenezer» filmining targʻiboti chogʻida boʻlib oʻtdi. Shu bilan birga, artist kapitan Chumchuq rolini yana oʻynashga rozilik berganini tasdiqlamadi.
Depp ushbu personajni ilk bor 2003 yilda chiqqan «Qora marvarid laʼnati» filmida ijro etgan. Seriyaning hozirgi kundagi oxirgi qismi — «Murdalar ertak aytmaydi» — 2017 yilda ekranlarga chiqqan va taxminan 795 mln dollar yigʻgan. Undan oldingi film, «Notanish qirgʻoqlarda» esa taxminan 1,045 mlrd dollar ishlab topgan.

