Sport

Diyora Keldiyorova gran-pri turnirida ishtirok etadi

Bo‘lajak musobaqa o‘zbekistonlik dzyudochi uchun ketma-ket uchinchi turnir bo‘ladi.

Diyora Keldiyorova gran-pri turnirida qatnashadi

O‘zbekistonlik dzyudochi, Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova Xorvatiyaning Zagreb shahrida bo‘lib o‘tadigan gran-pri turnirida ishtirok etadi. Bu haqda Xalqaro dzyudo federatsiyasining rasmiy saytida xabar berildi.

Mazkur musobaqa o‘zbekistonlik dzyudochi uchun ketma-ket uchinchi turnir bo‘ladi. Bundan oldin u Qozog‘istonning Aqtau shahrida o‘tkazilgan Osiyo kubogida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Ushbu turnir Keldiyorova uchun 2024-yil Parij Olimpiadasidan keyingi ilk musobaqa bo‘ldi.

Qozog‘istondagi bellashuvlar davomida Diyora mahalliy sportchilar Nuraylim Sarsenbek va Gulxan Shingisxanni mag‘lub etdi. Final bahsida esa Ozarbayjon vakili Farida Mirzayevani muddatidan oldin taslim qildi.

Shunga qaramay, Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida o‘tkazilgan “Katta dubulg‘a” turkumidagi turnirda dzyudochi medal ololmadi.

Diyora Keldiyorova 2024-yil Parij Olimpiadasida -52 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shu tariqa, u O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioniga aylangan ilk ayol sportchi bo‘lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.