
Diyetolog lavlagining ikki muhim foydasini ma’lum qildi
Diyetolog va ovqatlanish mutaxassisi Yelena Solomatinaning aytishicha, lavlagi salomatlik uchun muhim ahamiyatga ega.
Lavlagi tarkibida betalain va betain kabi antioksidantlar, shuningdek, polifenollar bor. Lavlagi shirin bo‘lib, pishirilganda yuqori glikemik indeksga ega bo‘lsa-da, uning tarkibidagi tolalar hatto diabetga chalinganlar uchun ham foydali hisoblanadi.
Sabzavotning saraton kasalligiga bo‘lgan potensial foydalari haqida so‘z yuritar ekan, Solomatina lavlagi saratonni davolash uchun emas, balki uning oldini olishda muhimligini ta’kidladi. Asosiy himoya ta’sirini sabzavotdagi kuchli antioksidantlar — betalainlar ta’minlaydi.
Avvalroq boshqa bir diyetolog Yelena Ustinova lavlagi shamollash va gripp mavsumida eng foydali sabzavotlar qatoriga kirishini aytgan edi.

