Iqtisodiyot

Disney xarajatlarni 20 foizga kamaytirish uchun minglab xodimlarni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Prognozlarga ko‘ra, bu safargi qisqartirishlar kompaniyaning ba’zi tarmoqlariga keskinroq ta’sir qiladi.

Disney xarajatlarni 20 foizga tushirish uchun minglab xodimlarni qisqartirishni rejalashtirmoqda

Walt Disney Co media korporatsiyasi minglab ish o‘rinlarini kamaytirishni rejalashtirgan.

Kompaniyadagi anonim manbalarning aytishicha, ayrim menejerlarga joriy yillik xarajatlarni 20 foizgacha tejash bo‘yicha choralar ko‘rish topshirilgan. Ular bu maqsadga xodimlar sonini qisqartirish orqali erishishni ko‘zlamoqda.

Prognozlarga ko‘ra, bu galgi qisqartirishlar kompaniyaning ayrim yo‘nalishlariga yanada kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Ular orasida tematik ko‘ngilochar parklar, telekanallar va kinostudiya bor. Manbalarga ko‘ra, bosh direktor Josh D’Amaro tejalgan mablag‘larni kino va televideniye mahsulotlari ishlab chiqarish, texnologiyalar hamda kruiz biznesiga yo‘naltirishni maqsad qilgan.

Kompaniya esa bu ma’lumot yuzasidan nashrga izoh berishdan bosh tortgan.

Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda Disney milliardlab dollar xarajatlarni qisqartirdi va minglab xodimlarni ishdan bo‘shatdi. Shuningdek, ABC, Pixar va ESPN kabi yirik brendlar xodimlari ham qisqartirishlarga duch kelgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.