Diraqamli egizaklar va «chiqindi energiyasi»dan foydalanish. Frantsuz kompaniyalari Oʻzbekistonga nimalarni taklif qilmoqda
Serverlar va data-markazlarning issiqligi binolarni isitishi, raqamli egizaklar esa qurilish va transportni loyihalashda yordam berishi mumkin. Frantsiya TIV maxsus vakili Jerar Volf «Gazeta»ga Frantsiya kompaniyalari Oʻzbekiston shaharlari uchun taklif qilishi mumkin boʻlgan texnologiyalar haqida soʻzlab berdi.

**Raqamli egizaklar va «chiqindi energiya»dan foydalanish. Frantsiya kompaniyalari Oʻzbekistonga nimalarni taklif qilmoqda**
Frantsiya kompaniyalari, agar ularning takliflari tanlab olinsa, Oʻzbekistondagi oʻz ishtirokini oshirishga tayyor, dedi Frantsiya Yevropa va tashqi ishlar vazirining transport va shaharlarni barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maxsus vakili Jerar Volf.
Oʻzbekistonga tashrifi davomida maxsus vakil Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasida, Transport, Energetika, Iqtisodiyot va moliya, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklarida, shuningdek, Turizm qoʻmitasida va Yangi Toshkent direktsiyasida uchrashuvlar oʻtkazdi.
Jerar Volf «Gazeta» bilan suhbatda shaharni rivojlantirishga boʻlgan turlicha yondashuvlar va Frantsiya kompaniyalari shaharlarni rivojlantirish uchun Oʻzbekistonga qanday innovatsiyalarni taklif etayotgani haqida soʻzlab berdi.
— Shaharni rivojlantirish sohasida koʻplab chaqiriqlar mavjud. Bizning vazifamiz Oʻzbekiston vazirliklari, shahar hokimiyatlari vakillari, shaharlarni boshqarish uchun masʼul shaxslarning savollariga javob berishga harakat qilish va nima bilan yordam berishimiz mumkinligini koʻrishdan iborat edi.
Mening ikkita rolim bor. Davlat yoʻnalishi boʻyicha barqaror shaharlar va transport masalalari bilan shugʻullanaman. Bu shaharni rivojlantirish bilan bogʻliq keng koʻlamli vazifalarni qamrab oladi. Bundan tashqari, men xususiy sektor bilan ham ishlayman: Frantsiyaning MEDEF uyushmasida barqaror shaharlar boʻyicha ishchi guruhga rahbarlik qilaman.
Bu yerda biz elchi va uning jamoasi bilan birgalikda Oʻzbekistonga barqaror shaharlar sohasidagi eng yaxshi Frantsiya yechimlarini taklif qilishga harakat qilmoqdamiz. Soʻng Oʻzbekiston tomoni oʻzi foydalanishni istaganlarini tanlab olishi kerak boʻladi, kompaniyalar esa aniq texnik yechimlarni taklif qila oladilar. Lekin avval shaharlaringizni qanday tashkil etmoqchi ekaningizni aniq tushunib olish lozim.
Asosiy mavzulardan biri — Yangi Toshkent: biz yangi shahar oldida turgan vazifalarni hal qilishda qanday yordam berishimiz mumkinligini muhokama qildik.
— Qandaydir yagona bir loyihaga eʼtibor qaratish delegatsiyamizning maqsadi emas. Biz kengroq miqyosda — Toshkent uchun yoki umuman mamlakat uchun mos keladigan yechimlarni topishda qanday yordam berishimiz mumkinligini koʻrishni istaymiz.
Biz, frantsuzlar, eng zoʻrimiz deb daʼvo qilmaymiz. Lekin bizda urbanizatsiya masalalariga nisbatan kompleks qarash va turli mamlakatlarda ish tajribasi mavjud.
Bizda boy tarixga ega kompaniyalar bor: ilgari men ishlagan EDF, Veolia, Suez, transport kompaniyalari. Frantsiya tajribasining muhim qismi Ikkinchi jahon urushidan keyin mamlakatni qayta tiklash bilan bogʻliq. Oʻshanda milliy darajada ishlagan kompaniyalar keyinchalik yirik xalqaro ishtirokchilarga aylandi.
Uchrashuvlar chogʻida biz kompaniyalar bilan birgalikda eng mos keluvchi yechimlarni qanday taklif qilishni muhokama qildik. Axir Oʻzbekistonga mos keladigan narsa Osiyoning boshqa qismlarida yoki Lotin Amerikasidagi kabi boʻlishi shart emas. Taklif mavjud sharoitlarga va mamlakatning rivojlanish modeliga mos kelishi kerak.
— Shahar, dunyoning qaysi burchida joylashganidan qatʼi nazar, toʻrtta asosiy xizmatning mozaikasidir. Shahar faoliyat koʻrsatishi uchun unda suv, energiya, transport boʻlishi, shuningdek, chiqindilar muammosi hal etilishi kerak.
Beshinchi element ham bor — sogʻliqni saqlash, shifoxonalar kerak, lekin bu biroz boshqacha turdagi xizmat.
Toʻrtta asosiy yoʻnalishning har biri boʻyicha biz yechimlarni taklif qila olamiz — aynan bir xil emas, balki muayyan mamlakatga moslashtirilgan yechimlar. Va bu sohalarning barchasida gap dekarbonizatsiya haqida bormoqda.
Kamroq uglerod chiqindilariga ega transport — tushunarli misol. Lekin xuddi shu narsa energetika, suv taʼminoti va chiqindilarni boshqarishga ham tegishli. Biz yoki ishlab chiqarishda, jumladan, energiya ishlab chiqarishda chiqindilarni kamaytiramiz, yoki aylanma iqtisodiyot tamoyillarini joriy etamiz.
Chiqindilardan energiya olish hozir ancha keng tarqalgan va bu yoʻnalishda yanada oldinga borish kerak. Xuddi shu narsa suv taʼminoti tizimlarida aylanma iqtisodiyotni qoʻllashga ham tegishli.
Yana bir yoʻnalish — «chiqindi energiya»dan, yaʼni uskunalarning ishlashi paytida hosil boʻladigan, lekin odatda tarqalib ketadigan va foydalanilmaydigan energiyadan foydalanishdir. Masalan, data-markazlarning serverlari juda koʻp issiqlik ajratadi. Uni ushlab qolish va binolarni isitish yoki suvni isitish uchun foydalanish mumkin.
Parijdagi Olimpiya oʻyinlari uchun qurilgan Suv sporti turlari markazini (Centre Aquatique Olympique) olaylik. Bu juda oʻkan bino. Uni isitish, konditsionerlash, basseynlardagi suvni tozalash kerak — bularning bari katta energiya xarajatlarini talab qiladi.
Ushbu markazda qoʻshni data-markaz va binoning oʻz serverxonasidan ajralib chiqadigan issiqlikdan, shuningdek, quyosh panellari va boshqa yechimlardan foydalaniladi. Uning energiyaga boʻlgan ehtiyojining 90% ga yaqini qayta tiklanadigan manbalar va issiqlikni utilizatsiya qilish hisobiga qoplanadi.
Bu biz bu yerda taklif qilayotgan narsalarning misollaridan biridir. Faqat suv sporti turlari markazi uchun emas: bunday yondashuvlarni juda turlicha vaziyatlarda qoʻllash mumkin.
Biz tajriba boʻlishishga bajonidil tayyormiz. Hamma narsa ochiq: oʻzbekistonlik vazirlar kelib, koʻrishlari mumkin, biz esa bu qanday ishlashini tushuntirib beramiz.
— Barcha Frantsiya kompaniyalari. Shahar yechimlarini taklif qiladigan yagona biz emasmiz, lekin oʻzimizni texnologik jihatdan — suv taʼminoti, transport va boshqa sohalarda yetarlicha kuchli deb hisoblaymiz.
Bunda biz texnik yechimga boshqalarning takliflarida doim ham mavjud boʻlmagan ikkita elementni qoʻshamiz.
Birinchisi — odamlarni oʻqitish. Koʻpgina kompaniyalar: «Mana bizning eng yaxshi mavjud yechimimiz. Mana bu uning narxi», deyishi mumkin. Biz bu bilan cheklanmaymiz. Biz: «Mana bizning yechimimiz va biz mutaxassislaringizga undan foydalanishni oʻrgatamiz», deymiz.
Agar siz avtomobil olsangiz-u, lekin haydashni bilmasangiz, hech qayerga bora olmaysiz. Bu yerda ham xuddi shunday. Agar siz suv sporti turlari markazi uchun yuqori texnologik uskunalarni olsangiz va uni qanday boshqarishni bilmasangiz, sizda jiddiy muammolar paydo boʻladi.
Shuning uchun foydalanishni amaliy oʻrgatish — taklifimizning ajralmas qismidir.
Ikkinchi element — innovatsiyalar. Biz oʻz takliflarimizga dekarbonizatsiya, shuningdek, obʼyektni eng maqbul tarzda qanday qurish bilan bogʻliq boʻlgan maksimal mumkin boʻlgan innovatsiyalar hajmini kiritishga harakat qilamiz.
Aynan shuning uchun infrastruktura loyihalariga raqamli egizaklarni kiritamiz. Bizningcha, bugungi kunda bu obʼyektning uzoq muddatli istiqbolda muvaffaqiyatli ishlashi shartlaridan biridir — bu tramvay, bino yoki foydalaniladigan boshqa infrastruktura boʻladimi, qatʼi nazar.
Yangi Toshkentdagi yangi binoni olaylik. Raqamli egizak tufayli uning joylashuvi energiya sarfiga qanday taʼsir qilishini oldindan baholash mumkin. Agar binoni shimolga yoki janubga yoʻnaltirsangiz, koʻrsatkichlar turlicha boʻladi — quyosh, shamol va boshqa omillar tufayli. Model isitish va konditsionerlashga boʻlgan ehtiyoj eng kam boʻladigan joylashuvni tanlash imkonini beradi.
Xuddi shu narsa transport tizimlariga ham tegishli — tramvay, metro yoki shahar osma dosh yoʻliga. Raqamli egizak yordamida eng mos keladigan yoʻnalishni tanlash mumkin: masalan, osma yoʻl uchun shamol taʼsiri kamroq boʻlgan yoki tramvay uchun eng mos koʻcha boʻylab.
Bugungi kunda bu takliflarimizning majburiy qismidir. Boshqa mamlakatlar takliflarida bu doim ham shunday emas.
— Bizningcha, shahar va mamlakat faqat bitta yechimga tayana olmaydi. Shahar muammolariga bizning yondashuvimiz har doim turli yechimlarni birlashtirish va bir transport turidan boshqasiga oʻtish mumkin boʻlgan boʻgʻinlarni yaratishdan iborat.
Bunda Toshkent uchun yechim — tramvay va xuddi shu narsa Samarqandga yoki boshqa shaharga mos keladi, deb boʻlmaydi. Shaharning geografik joylashuvi va tarixi muayyan transport turini joriy etishga imkon bermasligi mumkin.
Yangi Toshkent kabi yangi shahar qurayotganingizda, tramvay yoki boshqa transport tizimiga ega boʻlishni xohlashingizni hisobga olib, maydonni oldindan tashkil etish mumkin. Agar shahar allaqachon qurilgan boʻlsa, mavjud sharoitlarga moslashish kerak.
Samarqandda tramvay oʻtishi uchun masjidni boshqa joyga koʻchirib boʻlmaydi. Yangi Toshkentni noldan qurayotganingizda esa imkoniyatlaringiz boshqacha boʻladi. Bu boshqacha vazifa.
Eng mos yechimni taklif qilish uchun biz mahalliy hokimiyat organlarining soʻrovlariga moslashamiz. Va u har doim turli transport turlarining kombinatsiyasini nazarda tutadi.
Agar odam avtobusga oʻtirsa, soʻng osma yoʻlga yoki metroga oʻtmoqchi boʻlsa, hamma narsa muvofiqlashtirilgan va oʻzaro bogʻlangan boʻlishi kerak. Oksiz tizim ishlamaydi. Biz transportni tashkil etishga aynan shunday yondashamiz.
— Men Oʻzbekistonda biznes yuritishni muammo sifatida emas, balki butun bir yechimlar majmui sifatida baholagan boʻlardim.
Ikki kun davomida oʻtkazgan uchrashuvlarimiz shuni koʻrsatdiki: suhbatdoshlarimiz eng yaxshi mavjud yechimlarni joriy etishni jadallashtirishga intilmoqdalar. Ular ularni imkon qadar tezroq olishni xohlashadi.
Shu bilan birga, ular mutaxassislarni tayyorlashni nazarda tutishimizni yuqori baholaydilar. Agar elektr energetikasi, chiqindilarni boshqarish yoki, masalan, chiqindilardan energiya olish haqida gapiradigan boʻlsak, texnik va ilmiy nuqtai nazardan bular murakkab vazifalardir. Optimal samaradorlikni taʼminlash uchun juda yaxshi tayyorgarlikka ega odamlar kerak.
Shuning uchun biz har doim ham texnik yechim, ham mutaxassislaringizni qanday oʻqitishimiz haqidagi tushuntirish bilan kelamiz.
Ushbu ikki kun davomida biz mavjud yechimlar haqida gapirib berdik va bitta vazifaga turlicha yondashuvlarni qanday qilib eng yaxshi tarzda birlashtirishni muhokama qildik. Yagona javob yoʻq — yechimlar kombinatsiyasi kerak.
Biz, shuningdek, biz uchrashgan hokimiyat vakillari uzoq muddatli natijadan juda manfaatdor ekanini his qildik. Bu nafaqat odamlarni oʻqitish, balki texnik yoʻqotishlarga eʼtibor qaratishni ham anglatadi. Ular elektr tarmoqlarida ham, suv taʼminoti tizimlarida ham yuzaga keladi. Soddaroq tushuntiradigan boʻlsak, ikkita variant bor. Suv quvurlarini oʻrnatish va ulash mumkin — va shu bilan ishni tugatish. Yoki bir vaqtning oʻzida yoʻqotishlar yuzaga kelayotganini aniqlash imkonini beruvchi datchiklar tizimini oʻrnatish mumkin. Agar ular paydo boʻlsa, tizim signal beradi va ularni maksimal darajada cheklash uchun choralar koʻrish mumkin boʻladi.
Biz aynan shunday ishlaymiz: turli yechimlarni taklif qilamiz, mutaxassislarni oʻqitishni nazarda tutamiz va samaradorlikni saqlab qalish hamda energiya va boshqa resurslar yoʻqotilishini kamaytirish imkonini beruvchi texnologiyalardan foydalanamiz.
— Ular ushbu mamlakatga koʻproq investitsiya kiritishga tayyormi? Javob aniq: ha, albatta, agar bizni tanlashsa.
Lekin ushbu ikki kundagi uchrashuvlar, xususan, Yangi Toshkentda Bosh vazir oʻrinbosari va boshqa hokimiyat vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv Frantsiya yechimlariga qiziqish borligini koʻrsatdi.
Bu yerda boshqa mamlakatlar vakillari ham ishlayotganini bilamiz. Bu mutlaqo normal holat: Oʻzbekiston bitta mamlakatga qaram boʻlib qolmoqchi emas.
Yana bir jihat bor, biz hozircha unga toʻxtalmadik — universitetlar va yosh mutaxassislar bilan oʻzaro hamkorlik.
Yangi Toshkentdagi uchrashuvda men bu yerda juda katta universitet markazi tashkil etilayotganiga eʼtibor qaratdim. Biz muhandislik mutaxassisliklari talabalarini qabul qilishga tayyormiz. Biz yosh muhandislar va texnik mutaxassisliklar talabalari bilan oʻzaro hamkorlikni — Frantsiyada ham, biz ishlayotgan mamlakatlarda ham juda muhim deb hisoblaymiz.
Biz shahar loyihalari boʻyicha hamkorlik qilishga va yoshlarni ertangi kunga yaxshiroq tayyorlash uchun universitetlar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirishga tayyormiz. Gap bir martalik loyiha haqida bormayapti — biz birgalikda kelajakka tayyorgarlik koʻrishga harakat qilamiz. Bizning DNKmiz shundayki, mahalliy yosh avlod ishtirokisiz shaharlarni qanday qurishni, qayta tiklashni yoki ularni qurishga yordam berishni tasavvur qila olmaymiz. Axir oʻn yildan keyin aynan shu odamlar ularda yashaydilar. Bu Frantsiya qarashining bir qismidir.
— Avvalambor, men Frantsiyaning EDF elektr energetika kompaniyasida ikkinchi odam edim. Xitoylik hamkorlar bilan birgalikda atom elektr stantsiyalarini qurganmiz, shuning uchun men Xitoy takliflari safsata deydigan odam emasman. Bu haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Ikkinchidan: raqobat — raqobat. Baʼzan taklif arzonroq, baʼzan narxi bir xil.
Hamma narsa aynan nimani qidirayotganingizga va taklifga nimalar kiritilganiga bogʻliq. Siz nimanidir sotib olishingiz mumkin, shundan soʻng sizga: «Endi foydalaning», deyishadi. Yoki buni u bilan ishlaydigan odamlarni oʻqitish bilan birga sotib olishingiz mumkin.
Xitoy kompaniyalari ham, boshqalar kabi, mutaxassislarni oʻqitishga tayyor. Lekin baʼzida ular: «Albatta, agar odamlaringizni oʻzingiz tayyorlasangiz, arzonroq boʻladi», deyishadi.
Men bu yomon demoqchi emasman. Bu sizning tanlovingiz. Shunchaki gap boshqacha taklif haqida bormoqda.
Biz, albatta, xitoylik, hindistonlik va boshqa hamkasblarimizni, ular komplayens qismida xuddi shu qoidalarga rioya qilish sharti bilan, hurmat qilamiz. Oʻz tomonimizdan eng yaxshi mavjud texnologiyalarni taklif qilishga harakat qilamiz.
Biz Oʻzbekiston aholisining oʻsish surʼatlaridan hayratda qoldik — bu tez harakat qilish kerakligini anglatadi.
Har qanday mamlakat nimanidir taklif qilishi mumkin. Lekin deylik, sizda 100 ta metro vagoni bor. Agar hech kim ulardan qanday foydalanishni bilmasa, siz hali ishga tayyor emassiz.
Baʼzan bizning taklifimiz eng arzoni boʻlmasligi mumkin. Lekin eng arzoni eng samaralisi boʻlishi shart emas. Biz boshqa mamlakatlar kompaniyalari, jumladan, hindistonlik kompaniyalar bilan ham ishlaymiz — Frantsiyada ham. Bizning vazifamiz aynan nimani taklif qilayotganimizni tushuntirib berishdan iborat.
Elchi va uning jamoasi bilan birgalikda biz his qildik: Oʻzbekiston oldida turgan vazifa miqyosi shunchalik kattaki, bu yerda, Frantsiyada aytganimizdek, «panir yoki desert»ni tanlab boʻlmaydi. Ham panir, ham desert kerak — hammaning ishtiroki zarur. Oksiz juda qiyin boʻladi.

