Layfstayl

“Diora U: shaxsiy hikoya”. Tadbirkor Diyora Rahimova haqidagi hujjatli serial namoyish etiladi

“Diora U: shaxsiy hikoya”. Tadbirkor Diyora Rahimova haqida hujjatli serial namoyish etiladi

16-sentyabr kuni soat 18:30 da Cinematica kinoteatrida tadbirkor, yozuvchi hamda fashion, lifestyle va HoReCa yo‘nalishlaridagi loyihalar asoschisi Diyora Rahimovaning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli serialning yopiq premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Birinchi qism markazida Diyora Rahimovaning shaxsiy hikoyasi, uning professional yo‘li hamda hayoti va faoliyatiga ta’sir qilgan muhim qarorlar turadi. “Shunchaki Diyora” deb nomlangan ilk epizodning alohida qismi Diyora Rahimovaning turmush o‘rtog‘i, taniqli tadbirkor Botir Rahimov bilan eksklyuziv intervyu bo‘ladi.

Suhbat davomida Botir Rahimov farzand tarbiyasidagi tamoyillari, rafiqasining tadbirkorlik yo‘li va kasbiy yuksalishi, shuningdek, unga o‘z maqsadlari sari dadil qadam tashlab, ko‘zlaganiga erishishda yordam beradigan fazilatlari haqida so‘zlab beradi.

Hunarmand Madina Qosimboyeva ham Diyora Rahimova bilan hamkorlikdagi tajribasi haqida gapirib berdi. U Diyora Rahimova bilan birgalikdagi faoliyati, kollaboratsiyasi hamda an’anaviy naqshlarni zamonaviy uslubda qayta talqin qilib, etno-yo‘nalishni qanday rivojlantirayotganlari haqida hikoya qildi.

Serial hujjatli kuzatuv formatida suratga olingan. Unda suratga olish guruhi Diyora Rahimovaning loyihalar ustidagi ish jarayonini, uchrashuvlarini, muhim qarorlarini va kundalik hayotidagi voqealarni qayd etib boradi.

Serialdan qahramonning oilaviy va professional hayotiga oid shaxsiy hamda arxiv materiallari ham o‘rin olgan. Ularning ayrimlari ilk bor ommaga taqdim etiladi.

“Bugun loyihalarimda 1000 dan ortiq inson ishlaydi. Bu raqam ortida har bir insonning mehnati va biz yaratadigan imkoniyatlar turadi. Har bir loyiha men uchun muhim bo‘lgan g‘oya va qadriyatdan boshlangan. Menimcha, g‘oya odamlar hayotiga ta’sir qilsa va ularga foyda keltirsa, shundagina haqiqiy ma’noga ega bo‘ladi.

Men uchun ish bilan birga insonlarning o‘zi ham rivojlanishi muhim. Ular o‘z mehnatidan daromad topishi, yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishi va olgan bilimlarini boshqalar bilan bo‘lishishi kerak”, deydi Diyora Rahimova.

Keyingi qismlarda voqealar rivoji Diyora Rahimova hayotidagi yangi loyihalar, tadbirkorlik va oilaviy qarorlari aks ettiriladi. “Diora U: shaxsiy hikoya” — hujjatli serial bo‘lib, uning har bir qismi qahramon hayotidagi muayyan voqea, qaror yoki yangi bosqichga bag‘ishlanadi. Barcha epizodlar birgalikda mavsumning yagona hikoyasini tashkil etadi. Har bir qismning davomiyligi 40 daqiqagacha.

Serialning barcha qismlari Diyora Rahimovaning rasmiy YouTube kanalida e’lon qilinadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.