Mahalliy

Dam olish kunlari Oʻzbekistonda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, baland togʻlarda qor yogʻishi kutilmoqda

Kechasi havo harorati asosan 5-10 daraja issiqni tashkil etadi, shimolda 0-5 darajagacha pasayishi mumkin.

Dam olish kunlari Oʻzbekistonda baʼzi joylarda yomgʻir, baland togʻlarda qor yogʻishi kutilmoqda

Oʻzgidromet dam olish kunlari — 30 oktyabrdan 1 noyabrgacha boʻlgan ob-havo prognozini taqdim etdi.

Mamlakatning aksariyat hududlarida yogʻingarchiliksiz issiq ob-havo saqlanib qoladi, biroq qator viloyatlarda biroz yomgʻir yogʻishi ehtimoldan xoli emas.

Juma, 30 oktyabr kuni Oʻzbekistonning butun hududida havo kam bulutli va issiq boʻladi. Yogʻingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo 17-22 darajagacha isiydi.

Shanba va yakshanba kunlari oʻzgaruvchan bulutli boʻlishi prognoz qilinmoqda. 31 oktyabr kuni Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida, kechga tomon esa Toshkent viloyatida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. 1 noyabr kuni kechasi va ertalab Fargʻona vodiysi viloyatlari va Toshkent viloyatining baʼzi joylarida yogʻingarchilik boʻladi. Baland togʻli hududlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

Kechasi havo harorati asosan 5-10 daraja issiq, shimolda 0-5 daraja boʻladi. Kunduzi 17-22 daraja issiq kutilmoqda. Shamol sharqdan sekundga 7-12 metr tezlikda esadi.

Toshkentda 30 va 31 oktyabr kunlari yogʻingarchilik prognoz qilinmaydi. 1 noyabr kuni kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 8-10 daraja issiq, kunduzi 20-22 daraja boʻladi. Shamol sharqdan sekundga 3-8 metr tezlikda esadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.