Mahalliy

Dam olish kuni ishlagan xodim qanday haq oladi?

Oʻzbekistonda dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kunlarida mehnat qilgan xodimlarga kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi. Xodimning xohishiga koʻra, bunday ish boshqa dam olish kuni berish orqali ham kompensatsiya qilinishi mumkin.

Dam olish kunlari ishlagan xodimlarga ish haqi qanday hisoblanadi?

Mehnat qonunchiligiga binoan, dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kunlarida bajarilgan ish uchun kamida ikki barobar miqdorda haq toʻlanishi shart. Tashkilotning ichki hujjatlarida esa bu kunlarda ishlaganlik uchun ikki hissadan ham yuqori haq toʻlash koʻzda tutilishi mumkin.

Shu bilan birga, xodim dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi mehnati uchun oshirilgan haq oʻrniga boshqa dam olish kuni berilishini tanlash huquqiga ega. Bunday vaziyatda xodimga ishlagan dam olish yoki bayram kuni uchun bir hissa miqdorida haq toʻlanadi va uning xohishiga koʻra boshqa dam olish kuni taqdim etiladi.

Qonunchilikda ish grafigiga muvofiq mehnat qiladigan xodimlar uchun ham alohida tartib belgilangan. Xususan, agar xodim mehnat shartnomasi yoki ish jadvaliga muvofiq umumiy belgilangan dam olish kunida – besh kunlik ish haftasida shanba yoki yakshanbada, olti kunlik ish haftasida esa yakshanbada ishlasa, ammo dam olish kuni unga boshqa kunda berilsa, ushbu ish uchun bir hissa miqdorida haq toʻlanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.