Mahalliy

Chilonzor va Uchtepa tumanlarida issiq suv 5 kunga oʻchiriladi

Qayd etilishicha, ushbu ishlar kuz-qish mavsumida issiqlik tarmoqlari va uskunalarining barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan.

Chilonzor va Uchtepa tumanlarida issiq suv 5 kun davomida oʻchiriladi

Rejali profilaktika ishlari olib borilishi sababli Chilonzor va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlarida 12-oktabrdan boshlab 5 kun muddatga issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Qayd etilishicha, mazkur ishlar kuz-qish mavsumida issiqlik tarmoqlari va uskunalarining barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan.

Issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladigan mahallalar roʻyxati:

Chilonzor tumanida

Al-Xorazmiy, Bektoʻpi, Guliston, Bahoriston, Sharaf, Sharq, Sharq tongi, Xayrobod, Yakkatut, Xirmontepa, Katta Xirmontepa, Kichik Xirmontepa, Shuhrat, Mehrjon, Mevazor, Boʻrijar, Botirma (bir qismi), Fidokor, Zarqoʻrgʻon (bir qismi), Katta Navbahor, Navbahor, Koʻtarma, Qatortol, Choʻponota, Nafosat, Diyor, Xalqlar doʻstligi, Dilobod, Beshchinor, Lutfiy (bir qismi), Yakkabogʻ.

Uchtepa tumanida

Guzar, Qoʻrgʻontepa, Xuroson, Zargarlik, Koʻhna Choʻpon-Ota, Bogʻiston, Bogʻobod, Birlik, Nayman, Farhod, Tinchlikobod, Vatan, Vatanparvar, Hamdoʻst, Nurobod, Shirin, Diyor, Alixon Toʻra Sogʻuniy, Diyorobod, Yangi yoʻl, Foziltepa, Zulfizor, Xurshid, Koʻrkamobod, Quyi Darxon.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.