Central Asian University QS Asia University Rankings 2027 reytingiga köra Markaziy Osiyoning eng yaxşi 70 ta universiteti qatoriga kirdi
Central Asian University (CAU) QS Quacquarelli Symonds reyting agentligi tomonidan 3-noyabr kuni eʼlon qilingan QS World University Rankings: Asia 2027 xalqaro reytingi natijalariga köra Markaziy Osiyoning yetakçi 70 ta universiteti qatoriga kirdi.

Central Asian University QS Asia University Rankings 2027 reytingi bo‘yicha Markaziy Osiyoning eng yaxshi 70 ta universiteti safidan joy oldi. Universitet Markaziy Osiyoda 66-o‘rinni egalladi hamda reytingga kirgan O‘zbekiston xususiy universitetlari orasida eng yuqori natijani qayd etdi.*
2019-yilda tashkil etilgan CAU uchun bu xalqaro rivojlanish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘lib, u universitetning ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro akademik hamkorlik sohalaridagi faoliyati natijalarini aks ettiradi.
CAU’ning xalqaro o‘qituvchilar tarkibi alohida e’tiborga loyiq: universitet xorijlik o‘qituvchilar ulushi bo‘yicha Osiyoning eng yaxshi 100 taligiga kirib, 95-o‘rinni egalladi. Universitetdagi deyarli har beshinchi o‘qituvchi xorijlik mutaxassis bo‘lib, bu xalqaro akademik hamkorlik va talabalar ta’limi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
QS World University Rankings: Asia — Osiyo universitetlarini akademik va ilmiy-tadqiqot ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqqoslash imkonini beruvchi mashhur xalqaro reytinglardan biri.
Baholash jarayonida universitetning olimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi nufuzi, ilmiy tadqiqotlar natijalari, talabalar va o‘qituvchilar nisbati, xalqaro hamkorlik hamda boshqa mezonlar inobatga olinadi.
QS reytinglari abituriyentlar, ota-onalar, tadqiqotchilar va ta’lim tashkilotlari tomonidan universitetni tanlash hamda uning akademik salohiyatini baholashda asosiy mezonlardan biri sifatida qo‘llanadi.
QS Asia 2027 reytingida Osiyoning 26 ta ta’lim tizimidagi 1 722 ta universitet, jumladan, 195 ta yangi ishtirokchi o‘rin oldi.
QS Asia University Rankings 2027 yakunlariga ko‘ra, CAU quyidagi natijalarni qayd etdi:
Markaziy Osiyoning TOP-70 taligida
- mintaqaviy reytingda 66-o‘rin.
O‘zbekiston xususiy universitetlari orasida 1-o‘rin
- reytingga kiritilgan universitetlar orasida.*

