Cengiz Holding yil oxirigacha Oʻzbekistonda yana bir elektr stantsiyasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda
Turkiyaning Cengiz Holding kompaniyasi 2026 yil oxirigacha Jizzax viloyatida quvvati 550 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stantsiyasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Avvalroq uni foydalanishga topshirish 2025 yilga moʻljallangan edi. Xolding rahbari Mehmet Chengizning soʻzlariga koʻra, kompaniya Oʻzbekistonda yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini ham koʻrib chiqmoqda.

Cengiz Holding yil oxirigacha Oʻzbekistonda yana bir elektr stantsiyasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda
Turkiyaning Cengiz Holding kompaniyasi 2026 yil oxirigacha Oʻzbekistonning Jizzax viloyatida 550 MVt quvvatga ega bugʻ-gaz elektr stantsiyasini foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda xolding boshqaruvi raisi Mehmet Chengiz 16 oktyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
Tadbirkorning soʻzlariga koʻra, Cengiz Holding Oʻzbekistonda qiymati taxminan 800 mln dollarga baholanayotgan uchinchi energetika loyihasini amalga oshirmoqda. Uning taʼkidlashicha, xoldingning mamlakatga kiritgan jami investitsiyalari hajmi 900 mln dollardan oshdi.
«Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi loyihalar amalga oshirilgach, yil oxirigacha Jizzaxda elektr stantsiyasini ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz. Natijada biz tomonimizdan qurilgan obʼyektlarning umumiy oʻrnatilgan quvvati 1010 MVtga yetadi», — dedi Mehmet Chengiz yoqilgʻi-energetika sohasi investorlari bilan oʻtkazilgan ochiq muloqotda.
, xoldingning Oʻzbekistondagi energetika loyihalarini taqdim etuvchi manbada 480 MVt amaldagi quvvatlar va Jizzaxni hisobga olgan holda 1030 MVt koʻrsatilgan.
U shuningdek, kompaniya Oʻzbekistonda toʻrtinchi investitsiya loyihasini amalga oshirish imkoniyatini koʻrib chiqayotganini maʼlum qildi.
Chengizning soʻzlariga koʻra, Cengiz Holding umumiy oʻrnatilgan quvvati qariyb 6000 MVt boʻlgan energetika quvvatlariga, shuningdek, mis, kobalt va alyuminiy ishlab chiqarish korxonalariga ega.
Xolding Turkiyadan tashqarida, jumladan Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Suriya, Ruminiya va Buyuk Britaniyada oʻz faoliyatini olib bormoqda. Kompaniya shuningdek, Yevropa mamlakatlarida infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etmoqda.
Tadbirkor Cengiz Holding nafaqat energetikaga, balki Oʻzbekiston iqtisodiyotining boshqa tarmoqlariga ham investitsiyalarni kengaytirish imkoniyatlarini koʻrib chiqayotganini taʼkidladi.
Xususan, u energetika loyihalari uchun infratuzilmani, jumladan gaz taʼminoti, elektr uzatish tarmoqlari va taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish zarurligiga eʼtibor qaratdi.
Javob tariqasida prezident Shavkat Mirziyoyev xolding rahbariga kompaniyaning infratuzilma va qurilish sohalaridagi tajribasini hisobga olgan holda Yangi Toshkent qurilishida ishtirok etish boʻyicha takliflar kiritishni taklif qildi.
Keyinchalik, davlat rahbari bilan alohida uchrashuv yakunlarini sharhlar ekan, Mehmet Chengiz Oʻzbekistondagi faoliyatini yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi. «Biz bu yerda toʻrtinchi, ehtimol beshinchi loyihani ham amalga oshirish niyatidamiz», — dedi u.
Prezident matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, muzokaralar davomida yangi issiqlik elektr stantsiyalarini qurish, taqsimlovchi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va geologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ham muhokama qilingan.
Cengiz Holding ishtirokida Oʻzbekistonda ilgari ikkita issiqlik elektr stantsiyasi — Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida foydalanishga topshirilgan edi. Ilgari eʼlon qilingan rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ularning umumiy oʻrnatilgan quvvati 460 MVt ni tashkil etadi.
2023 yil noyabr oyida prezident Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 550 MVt quvvatga ega bugʻ-gaz elektr stantsiyasini qurish toʻgʻrisidagi qarorni imzolagan edi.
Oʻshanda loyiha qiymati 500 mln dollarga baholangan, obʼyektni foydalanishga topshirish esa 2025 yilga rejalashtirilgan edi. Elektr stantsiyasi yiliga 4 mlrd kVt·soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarishi va kamida 700 mln kub metr tabiiy gazni tejashga imkon berishi kutilgan edi.
Qarorda shuningdek, «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» kompaniyasi tomonidan 25 yil davomida elektr energiyasini xarid qilish nazarda tutilgan. Stantsiyani tabiiy gaz va texnik suv bilan taʼminlash majburiyatlari tegishli davlat tashkilotlari zimmasiga yuklangan.

