“Byurokratiyaga stop” – qogʻozbozlikka barham berish boʻyicha takliflar qabul qilinadi
Nega bitta ishni bitirish uchun idorama-idora yurishimiz kerak? Nega davlatning oʻz bazasida bor maʼlumotni yana bizdan qogʻozda talab qilishadi? Strategik rivojlanish va islohotlar agentligining «Byurokratiyasiz Oʻzbekiston» tashabbusi vatandoshlarni qogʻozbozlik bilan kurashishda hamkorlikka chorlamoqda.

“Byurokratiyaga stop” – qogʻozbozlikka barham berish boʻyicha takliflar qabul qilinadi
Har safar «yana bir hujjat olib keling», «ertaga keling» degan gapni eshitganimizda vaqtimiz ketadi, ishimiz qoladi. Ammo bu talabning oʻzi zarurmi, uni bekor qilishning iloji yoʻqmi?
Endi fuqarolar va tadbirkorlar aynan shunday ortiqcha talablarni oʻzgartirish yuzasidan taklif bildirishlari mumkin. Oʻzbekistonda «Byurokratiyasiz Oʻzbekiston» tashabbusi yoʻlga qoʻyildi. Maqsad — odamlarni ovora qilayotgan tartiblarni ularning oʻzidan eshitib, soddalashtirish.
Siz ham ishingizni bitirishda qogʻozbozlik yoki ortiqcha talablarga duch kelganmisiz?
Qaysi tartib sizni ovora qilyapti? U qancha vaqtingiz va mablagʻingizni olmoqda? Uni qanday soddalashtirish mumkin? Aniq misollar bilan yozing.
Takliflar yigirmanchi noyabrgacha qabul qilinadi. Sizning taklifingiz koʻpchilikni qiynayotgan muammoni hal qilishga asos boʻlishi mumkin.

