Buxoroning tarixiy qismi samokatlar, mopedlar va otlar uchun yopiladi

Buxoroning tarixiy qismi samokatlar, mopedlar va otlar uchun yopiladi
1 oktyabrdan boshlab Buxoroning tarixiy qismida elektrosamokatlar, elektroskuterlar, mopedlar va boshqa bir qator transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar joriy etiladi. Taqiq ostiga rikshalar, toʻrt gʻildirakli velosipedlar, kartinglar, shuningdek, ot va tuyalarda harakatlanish ham kiradi.
Cheklovlar Ark qalʼasidan Poi-Kalon ansambli va Haqiqat koʻchasi orqali Labi Hovuzgacha boʻlgan hududda amal qiladi. Belgilangan hududga kirish va chiqish joylarida tegishli yoʻl belgilari va koʻrsatkichlari oʻrnatiladi.

