Buxoro viloyatidagi korxonadan 137,7 mln soʻmlik asossiz qarzdorlik hisobdan chiqarildi
Buxoro viloyati Romitan tumanilik tadbirkorning 137,7 mln soʻmlik asossiz soliq qarzdorligi hisobdan chiqarildi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi. «Z.S.Z.» MCHJ vakili soliq organlari sud qarorini ijro etmaganidan keyin yordam soʻrab murojaat qilgan. Avvalroq Buxoro tumanlararo maʼmuriy sudi korxonaning shaxsiy hisobvaragʻidan aylanmadan olinadigan soliq, jarima va penyani hisobdan chiqarish majburiyatini yuklagan edi. Tekshiruv va aralashuvdan soʻng […]

Buxoro viloyatidagi korxonadan 137,7 mln soʻmlik asossiz qarzdorlik oʻchirildi
Buxoro viloyati Romitan tumanidagi tadbirkorning 137,7 mln soʻmlik asossiz soliq qarzdorligi bekor qilindi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi.
«Z.S.Z.» MCHJ vakili soliq organlari sud qarorini ijro etmaganidan keyin yordam soʻrab murojaat qilgan. Bundan avval Buxoro tumanlararo maʼmuriy sudi korxonaning shaxsiy varaqchasidan aylanmadan olinadigan soliq, jarima va penyani oʻchirish majburiyatini yuklagan edi.
Biznes-ombudsmanning tekshiruvi va aralashuvidan soʻng qarzdorlik hisoblangan penya bilan birga toʻliq bekor qilindi.
Bundan tashqari, Buxoro viloyati Soliq boshqarmasi boshligʻiga rasmiy ogohlantirish berildi. Idoraga kelgusida bu kabi qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatib oʻtildi.

