Buxoro viloyatidagi yettita dorixonada dori vositalarining noqonuniy sotilishi aniqlandi. Video

Buxoro viloyatidagi yettita dorixonada dori vositalarining noqonuniy sotilishi aniqlandi. Video
Buxoro viloyatida oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida dori vositalarining noqonuniy sotilishi holatlari aniqlandi. Yettita dorixonada 101 nomdagi preparatlar noqonuniy muomaladan olib qoʻyildi.
Tekshiruvlar Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va farminspektsiya boshqarmasi mutaxassislari tomonidan «Arzon apteka bot» mobil ilovasiga joylashtirilgan eʼlonlar asosida oʻtkazildi.
Tadbirlar davomida, shuningdek, ilovada koʻrsatilgan subʼyektlardan biri amalda dorixona emasligi maʼlum boʻldi. «Onlayn 5» uchun koʻrsatilgan manzilda BTS tezkor yetkazib berish xizmatining Buxoro viloyati filiali joylashgan boʻlib chiqdi.
Bundan avval Namangandagi uylardan birida sotish uchun moʻljallangan 56 nomdagi 13,2 ming dona dori vositalari saqlanayotgan yashirin ombor aniqlangan edi. Partiyaning qiymati 577,4 million soʻmga baholanib, 30 yoshli egasiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

