Buxoro viloyatida tezlikni toʻqqiz marta oshirgan va davlat raqamini oʻzgartirgan haydovchi jarimaga tortildi
Buxoro viloyatida foto va videofiksatsiya tizimlari davlat raqami belgisi oʻzgartirilgan avtomobilning tezlikni oshirganini toʻqqiz marta qayd etdi.

Buxoro viloyatida toʻqqiz marta tezlikni oshirgan va davlat raqamini oʻzgartirgan haydovchi jarimaga tortildi
Yakunda unga umumiy qiymati 10 million soʻmdan ortiq jarima solindi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati.
Qoidabuzarlik reyd tadbirlari davomida aniqlangan.
Haydovchiga nisbatan huquqiy choralar koʻrildi.
Idora davlat raqami belgisini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish yoki boshqa transport vositasiga tegishli raqamdan foydalanish huquqiy javobgarlikka sabab boʻlishini eslatib oʻtdi.

