Mahalliy

Buxoro tarixi muzeyi qurilmoqda

Muzeyda Buxoro tarixi, tabiati va  tasviriy san’atini jamlagan qariyb 125 ming eksponatni joylashtirish ko‘zda tutilgan

Buxoro tarixi muzeyi bunyod etilmoqda

«Bukhara Siti» zamonaviy markazida tarix muzeyi qurilishi boshlangan.

59-lotda barpo etilayotgan Buxoro tarixi muzeyi qurilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasining filiali sifatida faoliyat yuritishi rejalashtirilgan ushbu muzeyda Buxoro tarixi, tabiati va tasviriy san’atini jamlagan qariyb 125 ming eksponatni joylashtirish ko‘zda tutilgan.

Muzey uchun 0,93 gektar yer maydoni ajratilgan. Inshootning umumiy qurilish maydoni 6,2 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Binoda ekspozitsiya zallari, anjumanlar zali, fond va zaxira xonalari, ofislar hamda tashrif buyuruvchilar uchun kutish zallari bo‘ladi.

Obyektlarda qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish va sifatli tashkil etish vazifalari belgilangan.

«Yangi muzey Buxoroning boy tarixiy va madaniy merosini zamonaviy sharoitda saqlash va namoyish etish bilan birga, mahalliy va xorijlik sayyohlar uchun yanada keng imkoniyatlar taqdim etadi», — dedi Hayot Davlatov.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.