«Bunyodkor» stadioni qarzdorlik sabab elektrdan uzib qo‘yildi
Shu munosabat bilan Liga ofisi (PFL) vaqtincha masofaviy ish rejimiga o‘tgan

«Bunyodkor» stadioni qarzdorlik tufayli elektr ta’minotidan uzib qo‘yildi
«Bunyodkor» stadionida elektr ta’minoti qarzdorlik sabab 4-sentyabrdan boshlab to‘liq uzilgan. Shu munosabat bilan Liga ofisi (PFL) vaqtincha masofaviy ish rejimiga o‘tganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, elektr ta’minotidagi muammo Superliga va Pro-liga uchrashuvlarining translyasiya jarayoniga ham ta’sir qilmoqda. Odatda Liga uchrashuvlardan keladigan translyasiya signallarini qabul qilib, ularni markazlashtirilgan tartibda turli platformalarga qayta uzatadi.
Biroq stadionda elektr energiyasi yo‘qligi sabab Liga serverlari to‘liq ishdan chiqqan. Shu bois hozirda uchrashuvlar signallarini qayta uzatishda tashqi serverlardan foydalanilmoqda.
Bu esa ayrim hollarda televizion va internet translyasiyalar sifati pasayishiga olib kelishi mumkin.
Liga bilan bog‘liq murojaatlar vaqtincha [email protected] elektron pochtasi orqali qabul qilinayotgani ma’lum qilindi.

