Mahalliy

Bugun Oʻzbekistonning katta qismida yomgʻir yogʻadi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi

Bugun Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Oʻzgidromet xabariga koʻra, bugun Oʻzbekiston boʻyicha oʻzgaruvchan bulutli boʻlishi, joylarda yomgʻir yogʻishi, ayrim hududlarda kuchli boʻlishi prognoz qilinmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-26 daraja boʻladi.

Toshkentda oʻzgaruvchan bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-23 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida oʻzgaruvchan bulutli boʻlishi, joylarda yomgʻir yogʻishi, ayrim hududlarda kuchli boʻlishi kutilmoqda. Momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baland togʻlarda qorga aylanishi ehtimoli bor. Sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18 daraja boʻladi.

1-2 oktyabr kunlari respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.