Bugun O‘zbekistonda harorat biroz ko‘tariladi, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, mamlakatning aksariyat qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda harorat biroz ko‘tariladi, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun O‘zbekistonda havo biroz bulutli, ayrim joylarda esa o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat ertalab Toshkent viloyatining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sharqiy shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23–28 daraja bo‘ladi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 26–28 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi ehtimoli bor. Sharqiy shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15–20 daraja bo‘ladi.

