Bugun Oʻzbekistonda harorat 33 darajagacha isiydi

Bugun Oʻzbekistonda havo harorati 33 darajagacha koʻtariladi
Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, bugun Oʻzbekiston boʻyicha kam bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan ob-havo kuzatiladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-33 daraja boʻladi.
Toshkentda havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-32 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida kam bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan ob-havo kuzatiladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27 daraja boʻladi.

