Bugatti rahbarining avtomobili olib qoçildi
Maşinani qidiriş işlarida Xorvatiya, Sloveniya va Avstriya politsiyasi iştirok etgan. Oxir-oqibat Bugatti Chiron Avstriyaning Grats şahri yaqinidagi yonilği quyiş şoxobçasida töxtatilgan.

Bugatti rahbarining avtomobili olib qochildi
Bugatti Rimac kompaniyasi bosh direktori Mate Rimatsning Bugatti Chiron Sport giperkari Xorvatiyaning Sveta-Nedelya shahridagi kompaniya bosh qarorgohi oldidagi avtoturargohdan o‘g‘irlab ketildi.
Rimats esa avtomobil kalitini doimo mashinada qoldiradi va qulflamaydi, chunki xodimlar avtomobilni muntazam ravishda sinovlar va safarlar uchun olib turishadi.
O‘sha kuni kompaniyaga 36 yoshli erkak ish izlab kelgan. U avtoturargohda turgan Chiron avtomobilini ko‘rib, unga o‘tirgan va haydab ketgan. Oradan ko‘p o‘tmay avtomobil olib qochilgani ma’lum bo‘lgan. Rimats zudlik bilan politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.
Shundan so‘ng xodimlar avtomobilning harakatini unga o‘rnatilgan telemetriya tizimi orqali kuzatib borishgan. Mashina Sloveniya tomon yo‘l olgan, keyin esa Avstriya chegarasidan o‘tgan. Rimats o‘zining Porsche 911 avtomobilida uni ta’qib qilishga tushgan. Qidiruv ishlarida Xorvatiya, Sloveniya va Avstriya politsiyasi ham ishtirok etgan. Oxir-oqibat Chiron Avstriyaning Grats shahri yaqinidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida to‘xtatilgan.
Keyinroq Rimats mashina o‘g‘risi bilan uchrashib, suhbatlashgan. U politsiyaga ariza bermaslikka qaror qilgan.
Avtomobilning narxi 2,4 million yevro turadi.

