Boshqa

«Bu toifa jinoyatlar tarixda ham boʻlgan»: Toshkent viloyatida manyak 28 nafar qizaloqni zoʻrlab oʻldirgani haqida

Huquqshunos Komila Abdullayeva Oʻzbekistonda bundan avval ham pedofillar bilan bogʻliq dahshatli holatlar yuz berganini aytdi. Shulardan biri 28 nafar qizaloqning oʻlimi bilan bogʻliq ogʻir jinoyat boʻlgan va bu Toshkent viloyatida sodir boʻlgan. U voqeani oʻsha paytda viloyat prokurori boʻlib ishlagan ustozidan eshitganini taʼkidladi.

«Bu toifa jinoyatlar tarixda ham boʻlgan»: Toshkent viloyatida manyak 28 nafar qizaloqni zoʻrlab oʻldirgani haqida

«Bu toifadagi jinoyatlar afsuski tarixdan har doim boʻlgan. Rahmatli ustozimning qandli diabetlari bor edi. Kuzatishimcha organda ishlaganlarning koʻpi yo infarkt, yoki instult, yo qandli diabet orttirgan. 60-65 yosh orasida vafot etishlaram koʻp uchraydi. Ustozimdan bu kasalga chalinish sababini soʻraganimda «bitta manyak tufayli orttirganman» dedilar. Oʻsha manyak 28 ta qizchaning umriga zomin boʻlgan. Biz hammamiz shokda qoldik.

Ustozimiz aytayotgan gap real fakt, oʻsha paytda Toshkent viloyati prokurori edim dedilar. Birinchi kuni 8 ta yoki 9 ta qizchani zoʻrlaydi, qurbonni oʻldiradi. Ular manyakning izini yoʻqotishadi. Ikkinchi kuni qurbonlar 20 taga yaqinlashib qoladi. Qonunga koʻra, agar oʻta ogʻir yoki shunaqa favqulodda holat boʻlsa Bosh prokuror zudlik bilan prezidentga yoki senatga hisobdor, darhol xabar berishi kerak. Oʻsha paytda prezident Islom Karimovga yetib borgan bu gap. Shaxsan oʻzi telefon qilib «Senga bir kun muhlat, topsang top, boʻlmasa oʻzingni oʻldirgin» degan. Shundan keyin katta armiya jalb qilinadi oʻsha izni yoʻqotmaslik uchun. Oʻsha kuni manyak toʻqqizinchi qizni zoʻrladi-yu, lekin oʻldirishga ulgurmagan boʻlgan paytda ushlangan. Ushlandi degan xabar kelganda yiqilgan ustozim. Koʻzlarini ochganda shifoxonada boʻlgan. Shunda «saxar»ingiz oshib ketibdi deyishgan va oʻzlariga kelishlari qiyin boʻlgan.

Mening hayotimda eshitgan eng oʻta vahshiy jinoyatlardan bittasi shu. Hali bundan ogʻir keysni eshitmaganman. Haqiqatdan ham ogʻir keys va endi oʻzimcha hozirgi fikrim bilan oʻylayman, agar birinchi kuni shu narsa ommaviy axborot vositasida eʼlon qilinganda, balki boshqa qizlar tirik qolarmidi deb» deydi Abdullayeva.»

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.