Siyosat

«Bu koʻzboʻyamachilik uchun»: jamoatchilik Milliy kutubxona yonida avtoturargoh qurilishiga qarshi

Toshkent shahri markazidagi Milliy kutubxona orqasida joylashgan 1,3 gektarlik hududda avtoturargoh qurish rejalashtirilmoqda. Yer uchastkasi 514,2 mln soʻm boshlangʻich narx bilan auktsionga chiqariladi, loyiha gʻolibi esa kamida 10 mlrd soʻm investitsiya kiritishi kerak boʻladi.

«Bu koʻzboʻyamachilik uchun»: jamoatchilik Milliy kutubxona yonida avtoturargoh qurilishiga qarshi chiqmoqda

Toshkent shahar hokimligi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona orqasida joylashgan 1,3 gektarlik yer maydonida davlat-xususiy sheriklik asosida avtoturargoh barpo etmoqchi.

Loyiha tashabbuskori poytaxt maʼmuriyati boʻlib, uni «avtoturargoh va jamoat joyini obodonlashtirish loyihasi» deb atamoqda. Texnik shartlarda mavjud daraxtlarni saqlab qolish, yangi koʻchatlar ekish, piyodalar va velosiped yoʻlaklari, dam olish hududlari, bolalar va vorkaut maydonchalarini tashkil etish ham koʻzda tutilgan.

Shunday boʻlsa-da, shahar markazidagi 1,3 gektarlik yer maydonining asosiy vazifasini oʻzgartirib, uni avtoturargohga aylantirish gʻoyasi jamoatchilikda savollar tugʻdirmoqda. Gap Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi, Mustaqillik maydoni hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi binolari oraligʻidagi, hozirda toʻliq koʻkalamzorlashtirilgan hudud haqida bormoqda.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning 2026 yil 14 sentyabrdagi qarori bilan Milliy kutubxona orqasidagi yashil hududda davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlari tasdiqlangan. Davlat sherigi sifatida «Toshkent Invest» kompaniyasi belgilangan, yer soligʻi stavkasi esa 514 mln 228 ming soʻm miqdorida koʻrsatilgan. Shartlarga koʻra, ushbu hududda tashkil etiladigan avtoturargohdan tushadigan toʻlovlarning 15 foizi davlat sherigiga, 5 foizi esa «Pullik toʻxtash joyi» operatoriga oʻtkaziladi.

«Bu joyning oʻzi xiyobon-ku»

Kutubxona joylashgan yashil hududning taqdiri jamoatchilik faollarini xavotirga solmoqda.

Qobil Xidirov buni shunchaki eʼtiborni chalgʻitishga urinish deb hisoblaydi.

«Texnik shartlarda avtoturargoh bilan birga „xiyobon tashkil etish“ rejasi ham koʻzda tutilgan boʻlsa-da, bizningcha, bu koʻzboʻyamachilik uchun. U yerda shundoq ham xiyobon bor»,

shahar markazidagi bunday hududni yuzlab avtomobillar toʻxtab turadigan joyga aylantirishni esa u shaharsozlik nuqtai nazaridan «bahsli qaror» deb ataydi:

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.