Bruklindagi sovgʻalar doʻkoni Kelli Klarkson bilan 15 million dollarlik qush tufayli yuzaga kelgan «surreal» nizodan haligacha oʻziga kelolmayapti
Art of Play kompaniyasining maʼlum qilishicha, xonanda internetda oʻziga boʻlgan munosabatdan shikoyat qilganidan soʻng, kompaniya xodimlariga tahdidlar boʻlgan.

Bruklindagi esdalik sovgʻalari doʻkoni Kelli Klarkson bilan 15 million dollarlik qush tufayli kelib chiqqan «surrial» kelishmovchilikdan soʻng oʻziga kelolmayapti.
Yomgʻirli chorshanba tushdan keyin Bruklinning sokin Kobbl-Hill mahallasida joylashgan oʻyinchoqlar va oʻyinlar doʻkonida odatdagidan ancha koʻp odam bor edi.
Ichkarida doʻkon tasvirchilar va xaridorlar bilan gavjum edi, oʻtib ketayotganlar esa ichkariga moʻralab: «Qush qayerda?» deb soʻrashardi.
«Art of Play» butiki ijtimoiy tarmoqlardagi mojaro markazida qolib ketdi, bunga Gremmi mukofoti sohibasi, musiqachi Kelli Klarksonning doʻkon unga devorda turgan kuylaydigan va raqs tushadigan mexanik qushni sotishga ruxsat bermaganidan shikoyat qilgani sabab boʻldi.
«Since U Been Gone» qoʻshigʻi ijrochisining aytishicha, unga «xuddi narxi 15 000 dollar (11 000 funt sterling) boʻlgan bu qushni sotib olishga qurbi yetmaydigandek qarashgan».
«Agar "Krasotka" filmidagi Juliya Roberts qahramonidek muomalada boʻlishlarini xohlasangiz, Bruklindagi Art of Play doʻkoniga boring», dedi u romantik komediyadagi Roberts qahramoniga doʻkon xodimlari tomonidan turli buyumlarni sotib olishga qurbi yetmasligiga shama qilib, yomon muomalada boʻlingan sahnaga ishora qilib.
Ijtimoiy tarmoqdagi keyingi postida Klarkson doʻkon xodimlari unga qushning narxi 15 000 dollar turishini va unga «shunga oʻxshash» boshqa narsa topib berishlari mumkinligini aytganini bildirdi.
«Art of Play» ijtimoiy tarmoqlarda yulduzga boʻlgan munosabatini himoya qilib, Molli ismli yogʻoch qush devorga doimiy ravishda oʻrnatilgani va sotuvda emasligini aytdi.
Doʻkonning taʼkidlashicha, Klarksonning besh daqiqalik tashrishi davomida xodim unga 15 000 dollarga bir xil qush sotib olishi mumkinligini taklif qilgan.
Doʻkon, shuningdek, unga Germaniyadagi soatsozlik doʻkonidan 2 000 dollarga boshqa bir kuylaydigan qushni taklif qilganini va u oʻsha kuniyoq uni sotib olishi mumkin boʻlganini aytdi.
«Kichik mahalliy biznesimizga toʻsatdan doʻkonimizga hech qachon tashrif buyurmagan segiz million kishi hujum qilganida qanchalik hayratda qolganimizni tasavvur qilib koʻring», dedi «Art of Play».
«Mashhur insonning shunchaki bir marta tilga olishidan soʻng, bunday keng tarqalgan gʻazab markazida boʻlish surrial tajriba boʻldi».
Klarkson ijtimoiy tarmoqlarda doʻkonni tanqid qilish qarorini himoya qilib: «Men hech qachon odamlarni yomonlamayman, lekin siz, doʻstim, mustasno edingiz», dedi.
Chorshanba kuni BBC doʻkonga tashrif buyurganida, xaridorlardan koʻra muxbirlar koʻproq edi.
Doʻkon xodimi bu masala boʻyicha boshqa izoh bermasliklarini va shunchaki odatdagidek ishga qaytishni xohlashlarini aytdi.
Molli hali ham devorda osigʻliq turgan edi, bu safar uning yonida 15 million dollarlik narx belgisi bor edi.
Belgida haykalcha «dunyodagi eng mashhur kuylaydigan qush-avtomat!» ekanligi haqida hazil qilingan.
Doʻkon egasining aytishicha, Klarksonning shikoyatidan soʻng u va xodimlari tahdid va tazyiqlarga duch kelishgan, u BBCning AQShdagi hamkori CBS News telekanaliga xonanda ularni xavf ostiga qoʻyganini aytdi.
Ushbu haftada bir kishi doʻkon tashqarisida soʻkinayotganini videoga oldi va keyin uning xodimlarini Klarksonga nisbatan «irqiy kamsitishda» aybladi.
Chorshanba kuni ham bu kelishmovchilik yangiliklar sarlavhalarida qoldi, chunki bir yangiliklar nashri «Art of Play» doʻkonining kuzatuv videosini eʼlon qildi va unda Klarksonning tashrifi aks etganini aytdi.
Xira va ovozsiz tasvirda uning sariq koʻylak, beysbolka va ryukzakda buyumlarni, jumladan, Molli qushini koʻzdan kechirayotgani koʻrinadi.
Klarksonning xodim bilan gaplashayotganini koʻrish mumkin — shekilli, u barmogʻi bilan koʻrsatayotgan qush haqida — va keyinchalik chiqish tomon yoʻl oladi. Keyin u kassirga ehtiros bilan nimadir deyish uchun qaytib keladi.
Linki, qush haqidagi bahs internetda virus kabi tarqalgan boʻlsa-da, «Art of Play»ning baʼzi xaridorlari doʻkon ichida yangilik kameralariga duch kelishdan oldin bu haqda eshitishmagan edi.
Qizini koʻrish uchun boshqa shahardan kelgan bir xaridorning aytishicha, u bu mojarodan xabari yoʻq edi.
Boshqalar uchun Klarksonning xodimlar unga qoʻpol muomalada boʻlgani haqidagi daʼvolari kutilmagan hol boʻldi.
Qoʻshni uyda yashaydigan Kiran Ramineni «Art of Play»ni «juda yaxshi kichik oilaviy doʻkon» deb taʼrifladi va oxirgi kunlarda u yerda koʻp sonli jurnalistlarni koʻrganini aytdi.
27 yoshli xaridor Emili Trantanella shunday dedi: «Men oʻzimni goʻzal ayoldek his qilaman va bu yerda menga hamisha juda yaxshi muomala qilishgan.
Menga bu joy juda yoqadi».

