Botkin qabristonidagi qabrlarga zarar yetkazgani uchun quruvchiga 88 mln soʻm jarima solindi
Toshkentda Botkin qabristonidagi qabrlarga zarar yetkazilganidan keyin qurilish tashkilotiga BHMning 200 baravari (88 mln soʻm) miqdorida jarima solindi. Bu haqda poytaxt qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspektsiyasi maʼlum qildi. Tekshiruvga qurilish ishlari vaqtida qabriston devoriga zarar yetkazilgani haqidagi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar sabab boʻldi. Inspektorlar boshqa tashkilotlar vakillari bilan birgalikda vaziyatni oʻrganib chiqdilar. […]

Botkin qabristonidagi qabrlarga shikast yetkazgani uchun quruvchi tashkilot 88 mln soʻm jarimaga tortildi
Toshkentda Botkin qabristonidagi qabrlar shikastlanganidan soʻng qurilish tashkiloti BHMning 200 baravari, yaʼni 88 mln soʻm miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda poytaxt Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspektsiyasi xabar berdi.
Qurilish ishlari davomida qabriston devoriga shikast yetkazilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar tekshiruv oʻtkazishga asos boʻldi. Inpektorlar boshqa tashkilotlar vakillari bilan birgalikda joyiga borib, vaziyatni oʻrgandilar.
Hodisa Yashnobod tumanidagi "Sultonali Mashhadiy" mahallasida yuz bergan. Tadbirkorlik subʼyekti hududida qoʻshimcha bino qurish uchun yer qazish ishlari olib borilayotgan boʻlgan.
Tekshiruv davomida qurilish tegishli ruxsatnomalarsiz va shaharsozlik normalarini buzgan holda boshlangani aniqlandi. Inspektsiya maʼlumotlariga koʻra, quruvchilarning ehtiyotsizligi sababli qabriston devori va bir nechta qabrlar shikastlangan.
Hozirda qurilish ishlari toʻxtatilgan. Tashkilotga nisbatan BHMning 200 baravari, yaʼni 88 mln soʻm miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanildi.

