Mahalliy

Botir Zaripov yil yakunigacha Buxoroda kambag‘allik va ishsizlikni to‘liq tugatishga vaʼda berdi

Botir Zaripov yil oxirigacha Buxoroda kambag‘allik va ishsizlikni butunlay tugatishga vaʼda berdi

Buxoro viloyatida 2026-yil yakunigacha kambag‘allik va ishsizlikni to‘liq bartaraf etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimi Botir Zaripov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga Buxoro viloyatida kambag‘allik darajasi 6 foizni, ishsizlik darajasi esa 4,7 foizni tashkil etgan.

O‘tgan davrda qabul qilingan farmon va qarorlar hamda ajratilgan mablag‘lar evaziga viloyat bo‘yicha kambag‘allik va ishsizlik darajasi 2 foizdan oshmasligi ta’minlangan.

“Lekin bugungi kunda biz oldimizga shunday maqsad qo‘ydikki, Buxoro viloyatida kambag‘allik va ishsizlikni davlat qaramog‘idan tashqari bo‘lgan aholi qismi bo‘yicha to‘liq tugatish bo‘yicha zimmamizga majburiyat olganmiz”, dedi Botir Zaripov.

Uning bildirishicha, viloyatning 13 ta tuman va shahrida shtablar tuzilgan. Shtablar 516 ta mahallaga chiqib, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Ijtimoiy reyestr hamda mahalla “yettiligi” tomonidan aniqlangan ishsizlar va kambag‘allar ro‘yxatini shakllantirgan.

Mazkur ma’lumotlar elektron platformaga kiritilib, fuqarolarni ishga joylashtirish yoki kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha tizimli ishlar boshlangan.

Botir Zaripovga ko‘ra, hozirda Buxoro viloyatida 10 mingdan ortiq vakant ish o‘rni bor.

“Kambag‘allikni to‘liq tugatish va ishsizlikni to‘liq yakunlash bo‘yicha zimmamizga majburiyat oldik. Joriy yil yakuni bo‘yicha belgilangan vazifalar to‘liq viloyatimizda bajariladi”, dedi hokim.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.