“Boshoqshehir”da gʻalaba. Shomurodovda gol va assist
Eldor Shomurodov hisobidagi gollar soni 7taga yetdi.

“Boshoqshehir” gʻalaba qozondi. Shomurodov gol urdi va assist berdi
Turkiya Superligasining 8-turida “Istanbul Boshoqshehir” “Gaziantep”ni qabul qildi.
Bellashuvda “Istanbul Boshoqshehir” 2:1 hisobida zafar quchdi.
Mezbonlar safidagi oʻzbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov 8-daqiqada hisobni ochdi, 82-daqiqada esa uning uzatmasidan Umut Gunesh raqiblar darvozasini ishgʻol qildi. Mehmonlar 66-daqiqada Serdar Dursunning yagona goli bilan javob qaytardi.
Ushbu uchrashuvdan keyin Shomurodovning gollari soni 7 taga yetdi. Vedat Muriqi (“Fenerbaxche”), Muhammad Saloh (“Trabzonspor”) va Gift Orban (“Amedspor”) hisobida ham 7 tadan gol bor.
“Istanbul Boshoqshehir”ning oʻzbekistonlik yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev zaxirada qoldi.
Jamoa Turkiya chempionatida 8 oʻyindan soʻng 11 ochko toʻplab, turnir jadvalida 10-oʻrinda bormoqda.

