Bolgariyaga işlaşga borib, Çexiyada mablağsiz qolgan özbekistonlik vatanga qaytarildi
Bolgariyada iş haqi bilan boğliq muammolarga duç kelib, Çexiyaga ötgan Özbekiston fuqarosi u yerda ham doimiy iş topa olmagan. Pragada yaşaş uçun mablağsiz qolgan fuqaro Özbekiston elçixonasi kömagida vatanga qaytarildi.

Bolgariyaga ishlash uchun borib, Chexiyada mablag‘siz qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
«Dunyo» axborot agentligining diplomatik vakolatxona maʼlumotiga tayanib xabar berishicha, B.V. avval ishlash maqsadida Bolgariyaga borgan. Biroq ish haqi to‘lanishi bilan bog‘liq muammolar sabab Chexiyaga o‘tgan.
U yerda zarur hujjatlarni rasmiylashtira olmagani uchun doimiy ish topish imkoniga ega bo‘lmagan. Natijada daromad manbaisiz qolib, jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan.
Shundan so‘ng fuqaro O‘zbekistonga qaytishda amaliy yordam so‘rab, elchixonaning konsullik bo‘limiga murojaat qilgan.
Diplomatik vakolatxona ko‘rgan choralar natijasida u «Praga - Boku - Toshkent» yo‘nalishi orqali vatanga qaytib kelgan.

