Bogʻchaga boradigan bolalar soni boʻyicha qaysi hudud yetakchi?
Oʻzbekistonda bogʻchalarda tarbiyalanayotgan bolalar soni 2,5 milliondan oshdi. Hududlar orasida Fargʻona viloyati yetakchi boʻlib, keyingi oʻrinlarni Samarqand va Andijon viloyatlari egalladi.

Bogʻchaga boradigan bolalar soni boʻyicha qaysi hudud oldinda?
Milliy statistika qoʻmitasi bergan maʼlumotga koʻra, 2026-yil 1-yanvar holatida mamlakatdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2 million 533,3 ming nafar bola tarbiyalangan.
Bu koʻrsatkich 2024-yil yakuni bilan solishtirganda 183,3 ming nafarga yoki 7,8 foizga yuqori.
Bogʻchalarda tarbiyalanayotgan bolalar soni hududlar kesimida quyidagicha:
- Fargʻona viloyati — 308,5 ming
- Samarqand viloyati — 288,9 ming
- Andijon viloyati — 263,8 ming
- Namangan viloyati — 225,4 ming
- Qashqadaryo viloyati — 218,6 ming
- Surxondaryo viloyati — 195,9 ming
- Toshkent viloyati — 183 ming
- Toshkent shahri — 180,4 ming
- Buxoro viloyati

