BMT komissiyasi: Isroil sulhdan keyin ham Ğazoda genotsid harakatlarini davom ettirmoqda
Isroil kuçlari Ğazoda sulh örnatilgan vaqt – 2025-yil oktabrdan keyin 1400 dan ortiq falastinlikni öldirgan. BMT tergov komissiyasi xulosasiga köra, falastinliklarni öldiriş va jarohatlaş ortida «aniq demografik va etnik mulohazalar» turibdi.

BMT komissiyasi: Isroil sulhdan keyin ham Ğazoda genotsid harakatlarini davom ettirmoqda
BMT Inson huquqlari kengashi tuzgan mustaqil xalqaro tergov komissiyasi 26-oktabr kuni Isroilning Ğazodagi harakatlari bo‘yicha hisobot e’lon qildi. Unda Isroil 2025-yil oktabrdagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan keyin ham Ğazoda genotsid harakatlarini sodir etishda davom etayotgani ma’lum qilingan. BMT Bosh Assambleyasiga taqdim etilgan hujjat Isroilda 2023-yil 7-oktabrdagi Hamas hujumidan keyingi ilk parlament saylovi arafasida chiqdi. Isroilning o‘zi bu hisobotni qat’iy rad etmoqda.
Komissiya 2023-yil oktabrdan buyon Isroil va Falastin xavfsizlik kuchlari sodir etgan qotillik va jarohatlarni o‘rgandi. Hujjatda Isroil kuchlari o‘t ochishni to‘xtatish davrida ham aholi zich yashaydigan hududlarda og‘ir va boshqarilmaydigan bombalar, dronlar hamda snayperlardan foydalanishda davom etgani qayd etilgan. 2025-yil 10-oktabrdan 2026-yil 30-sentabrgacha Isroil hujumlarida Ğazoda 1431 kishi, jumladan, kamida 300 bola o‘ldirilgan.
Ğazoning Isroil nazoratidagi qismi esa kelishuvda belgilangan 53 foizdan kamida 60 foizgacha kengaygan. Vaqtinchalik deb e’lon qilingan «Sariq chiziq» amalda yangi chegaraga aylangan. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu 2026-yil may oyida Ğazoning 70 foizini egallashni buyurganini aytgandi.

