Bleach anime-seriali rasman yakunlanar ekan, ishqibozlar xayrlashishga tayyorgarlik koʻrmoqda
Birinchi marta efirga uzatilganidan yigirma ikki yil oʻtib, barcha davrlarning eng yirik animelaridan biri oʻz nihoyasiga yetmoqda.

Muxlislar xayrlashishga tayyorgarlik koʻrishmoqda: Bleach anime seriyali rasman oʻz nihoyasiga yetmoqda
Bleach noyob arvohlarni koʻrish qobiliyatiga ega zargʻaldoq sochli oʻsmir Ichigo Kurosaki haqida hikoya qiladi
Bu muxlislar tomosha qilishni oʻn yildan koʻproq vaqt davomida kutgan finaldir.
Eng mashhur anime seriyalaridan biri boʻlmish Bleach'ning uzoq kutilgan xotimasi tez orada namoyish etiladi.
U «Ming yillik qonli urush» syujetining oxirgi epizodini anglatadi va bu xotimadan umidlar ayniqsa yuqori.
Asliyat muallifi Tayt Kubo original komiks arkasining «hafsalani pir qilgan» hikoyasiga sezilarli oʻzgarishlarni nazorat qildi va bu oʻzgarishlar juda yaxshi kutib olindi.
Muxlislar «bir davrning tugashi»dan kayfiyatlari tushayotgan bir paytda, u safar muallif xotimani muvaffaqiyatli yakunlay olishini ham hayajon bilan kutishmoqda.
BBC Newsbeat muxlislar bilan suhbatlashdi, chunki ular Kuboning ijod mahsuli bilan «hayajonli» xayrlashmoqdalar.
Bleach Japoniyadagi One Piece va Naruto bilan bir qatorda «katta uchlik» mangalaridan biri hisoblanadi va ushbu uchtasining ham animatsion versiyalari animening butun dunyo boʻylab ommalashishiga yordam bergan deb tan olinadi.
U arvohlarni koʻrishning ajoyib qobiliyatiga ega yorqin zargʻaldoq sochli oʻsmir Ichigo Kurosaki haqida hikoya qiladi.
U insoniyatni yovuz ruhlardan himoya qilish bilan birga maktab va oilaviy hayotni muvozanatda saqlaydi.
Original Bleach animesi 2004 yildan 2012 yilgacha 16 fasl davomida efirga uzatilgan, ammo u hech qachon manba mangasiga yetib ololmagan.
Muxlislar uning qachondir qaytish-qaytmasligiga ishonch hosil qilolishmagan edi.
Shunday boʻlsa-da, Bleach animatsion yakuniy bobining birinchi qismi 10 yildan soʻng, 2022 yilda namoyish etildi.
«Ming yillik qonli urush» arkasi toʻrtta alohida bobga boʻlingan boʻlib, soʻnggi bosqich shu yilning iyul oyida boshlandi.
Bleach'ning komiksdagi original yakuni munozarali boʻlib, muxlislarga umuman yoqmagan edi va muallif Kubo uni yaratish jarayonida salomatligida muammolarga duch kelgani sababli shoshilinch yakunlangani aytilgan edi.
Muxlislarning yangi animatsion finalni koʻrishga juda ishtiyoqmand boʻlishlarining sabablaridan biri — Kubo va Pierrot Films animatsiya studiyasi original syujet liniyasiga oʻzgarishlar kiritganidir.
Koʻpchilik «soʻnggi jang» 2016 yildagi ommalashmagan xotimani «toʻgʻrilaydi» deb umid qilmoqda.
Nikolas Tong (chapda) va Rubi Ebbs Bleach'ga boʻlgan umumiy qiziqishlari tufayli doʻst boʻlib qolishdi
Bleach muxlislari 27 yoshli Rubi Ebbs va 30 yoshli Nikolas Tong tez-tez seriyal qahramonlari obraziga kirishadi (kospley qilishadi) va boshqa muxlislar bilan uchrashuvlar tashkil etishadi.
«Koʻpchiligimiz bundan juda toʻlqinlanmoqdamiz», deydi Rubi.
«Ishonchim komilki, bu mening barcha davrlardagi eng sevimli seriyalim, u menga hayotim davomida koʻp narsalarni yengib oʻtishga yordam berdi», deb tushuntiradi u.
У Bleach'ni toʻqqiz yoshida oʻqishni boshlagan va unga boʻlgan umumiy muhabbat orqali Nikolas bilan doʻstlashgan.
«Men Bleach orqali juda koʻp doʻstlar orttirdim, bu menga oʻrgatgan narsalari va u orqali uchratgan odamlarim jihatidan hayotimning ajoyib bir qismi boʻldi».
Nikolas uchun esa oʻsmirlik davrida Bleach tomosha qilish maktabdagi qiyinchiliklarni yengishga yordam bergan — hatto unda ushbu hikoyaga bagʻishlangan tatuirovka ham bor.
«Bu menga maktabda doʻstlar orttirishga, Bleach'ni va sevimli qahramonlarimizni biladigan bir nechta odamlar bilan gaplashishga yordam berdi», deb eslaydi 30 yoshli Nikolas.
Жуфтлик BBC Newsbeat'ga keyinroq finalni tomosha qilar ekan, «birgalikda yigʻlashlarini» aytishdi.

